Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/11 00:45 Venetsiya 0-1 Lechche
26/11 01:00 Nyukasl 0-2 Vest Xem
26/11 15:00 Ulsan Xyonde 1-3 Shangxay Port
26/11 15:00 Vissel Kobe 3-2 Sentrel Kost
26/11 17:00 Buriram Yunayted 0-3 Kavasaki Frontale
26/11 17:00 Shandong Taishan 1-0 Johor Dorul Ta'zim
26/11 19:00 Sharja 3-1 Istiqlol Dushanbe
26/11 21:00 As-Sadd 1-1 Al-Hilol
26/11 21:00 Ash-Shorta 1-3 Al-Vasl
26/11 21:00 Sepohon 1-1 Al-Vihdat
26/11 22:45 Slovan 2-3 Milan
26/11 22:45 Sparta 0-6 Atletiko
27/11 01:00 Bayer 5-0 Zalsburg
27/11 01:00 Bavariya 1-0 PSJ
27/11 01:00 Yang Boyz 1-0 Atalanta
27/11 01:00 Barselona 3-0 Brest
27/11 01:00 Inter 1-0 RB Leypsig
27/11 01:00 Manchester Siti 3-3 Feyenoord
27/11 01:00 Sporting 1-5 Arsenal

«Shohsupa sari yo‘l»: Isroil Madrimov – Boks haqiqiy erkaklar sporti

«Shohsupa sari yo‘l»: Isroil Madrimov – Boks haqiqiy erkaklar sporti

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Intervyular

Xabaringiz bor, Milliy olimpiya qo‘mitasi Matbuot va Media departamenti Osiyo o‘yinlari oldidan «Shohsupa sari yo‘l» loyihasini ishga tushirdi. Unda qit’aning nufuzli musobaqasida ishtirok etadigan sportchilarimiz bilan suhbat uyushtiriladi. Dastlabki sonimizda yengil atletikachimiz, Xalqaro toifadagi sport ustasi Nadiya Dusanova loyihamiz mehmoni bo‘lgandi. Bugun esa biz iste’dodli bokschi, Osiyo chempioni, Osiyo o‘yinlari sovrindori Isroil Madrimov bilan Olympic.uz uyushtirgan suhbatni e’tiboringizga taqdim etamiz.

Nima uchun aynan boks?

Shuni alohida qayd etib o‘tishni istardimki, oilamizda sportga alohida e’tibor bilan qarashadi. O‘zim ham bolaligimdan sport bilan shug‘ullanaman. Onam yetti yoshimda meni gimnastika va akrobatiga to‘garagiga olib borganlar. Boks bilan esa beshinchi sinfdan boshlab jiddiy ravishda shug‘ullana boshlaganman. Boksni haqiqiy erkaklar sporti deb hisoblayman. Erkaklar o‘z oilasi, vatanini himoya qilishi lozim. Bizni shunday tarbiyalashgan. Undan tashqari, ushbu sport turida birinchi navbatda aqlni ishlatish lozim. Shu sababli ham aynan boksni tanlaganman.

Vaznni doimo nazoratda ushlab turish lozim

Tartib bo‘yicha biz kuniga uch mahal ovqatlanamiz. Tabiiyki, boksda vaznni nazorat qilish juda muhim hisoblanadi.

Ma’lumot uchun, Isroil Madrimov -75kg vazn toifasidagi janglarda ishtirok etadi. U o‘z intervyularidan birida «-75kg vazn toifasi o‘zbeklarga tegishli» deb hazil qilgandi. Haqiqatdan ham ushbu vaznda ko‘plab o‘zbekistonlik chempionlar bor.

Kumirlari

Chempionlarga judayam havas qilaman. Ularning har biridan nimadir o‘rgansa bo‘ladi. Jahon boksida Oskar de la Xoyya, Vasiliy Lomachenko va Gennadiy Golovkinning muxlisman. Ularning harakatlari, janglari menga juda yoqadi.

Chempionlik siri

Chempion bo‘lish juda yoqimli. Ammo, buning tagida mashaqqatli mehnat yotadi. Eng kuchli bo‘lish uchun tinmay mehnat qilish, maqsad sari doimo intilish kerak bo‘ladi.

Osiyo o‘yinlari haqida

To‘rt yil oldin men Osiyo o‘yinlarida kumush medali sohibi bo‘lganman. Incheondagi musobaqa finalida Olimpiya o‘yinlari chempioni Daniyar Yeleusinovga mag‘lub bo‘lgandim. Endi Daniyar yo‘q, lekin uning o‘rniga boshqa bir qozog‘istonlik bokschi bor, shuningdek, vaznimda filippinlik raqibim ham kuchli hisoblanadi. O‘shanda men endi-endi katta boksga qadam qo‘yayotgandim. Hozirgidek tajriba o‘shanda bo‘lmagan. Jakartadagi Osiyo o‘yinlarida siz umuman boshqa Madrimovni ko‘rasiz. U o‘ziga, o‘z kuchiga ishonadi. Umid qilamanki, Osiyo o‘yinlarida shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan o‘rin olib, yurtdoshlarimizni xursand qilaman.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 16:07, 12.07.2018.
O'qildi: 2468 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.