Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Nogironga chiqarilgan «Garrincha» yoxud JCH-2018ning eng tezkor futbolchilaridan biri tarixiga nazar

Nogironga chiqarilgan «Garrincha» yoxud JCH-2018ning eng tezkor futbolchilaridan biri tarixiga nazar

Baho:
+1 | -

Luis Advinkula Rossiyaga Peru terma jamoasi bosh yulduzlaridan biri maqomida kelgani yo‘q. Har holda, u diskvalifikasiya qilingan, lekin istisno tariqasida kechirilgan sardor Paolo Gerrero, Yevropada ma’lum darajada tanilgan Gvido Karrilyo va Jefferson Farfan oldida oddiy o‘yinchi edi.

Lekin peruliklarning rus diyoridagi yorqin o‘yinlari ayniqsa, Advinkula uchun alohida qadrlidir. Boshqacha aytsak, u JCH-2018dagi ishtiroki bilan har qancha g‘ururlanishga haqli.

Quyidagi maqola shu manonatli yigitning futboldagi o‘nqir-cho‘nqir yo‘li haqida.

***

Luis bolalik davrida oilasi ta’minotiga ko‘maklashish uchun ko‘chada turli xil pishiriqlar sotish bilan vaqt o‘tkazardi. Qolaversa, uning futbolchilik faoliyatida jiddiy qulashlar kuzatilgan. Advinkula boshida vinger sifatida o‘ynagan, ammo dastlabki 30ta o‘yinda atigi 1ta gol urganidan keyin murabbiy - Luis Suares (mashhur urugvaylikka daxli yo‘q) uni himoya chizig‘iga suradi.

Yigitcha orqada birdaniga ishonchli to‘p surib, qator klublar va hattoki, terma jamoa murabbiylari nazariga tushadi. Xususan, Lotin Amerikasida katta obro‘ qozongan mutaxassis Serxio Markaryan Advinkulani bir necha pozisiyada sinab ko‘radi. Xullas, vinger-himoyachi tez orada provinsiya klubi - «Xuan Aurich»dan mahalliy shahar jamoasi safiga o‘tadi.

«Sporting Kristal» — Peru  miqyosida jiddiy klub. Deylik, 10 yilcha oldin bu jamoani Xorxe Sampaoli boshqargandi. «Kristal» Peru chempionatida naq 18 marta g‘olib chiqishdan tashqari, yana 13 marta kumush medal yutgan, shuningdek, Libertadores kubogida ham o‘ynagan.

Xullas, Advinkula ushbu sovrindor jamoaning bitta chempionlik maqomiga ozmi-ko‘p hissa qo‘shadi. O‘sha mavsum yana qanot hujumchisi rolida o‘ynagan Luis nisbatan past samaradorlik ko‘rsatgandi: 70ta o‘yinda 14ta gol va samarali uzatma. Lekin bu statistikasi AQSH klubi e’tiboriga tushishiga kifoya qiladi.

Ya’ni «Dinamo Xyuston» rahbariyati uni istiqbolli hujumchi sifatida ko‘rib, manfaatli taklif yuboradi. Peru matbuoti, xususan, El Comercio nashri rasman shartnoma tuzilgani haqida xabar tarqatgan pallada esa transfer kelishuvi buziladi.

Ehtimol, Xyuston klubi skautlari Luisning aslida markaziy hujumchi emasligini bilib fikrlaridan qaytishgan, balki perulik futbolchi nomzodidan voz kechishganida boshqa sabablar ham bordir, fakt shuki, uning AQSH tomon safari amalga oshmay qoladi.

***

«Dinama Xyuston» safida o‘ynash orzusi so‘nggi pallada barbod bo‘lgan Advinkula yana bir oydan so‘ng jamoasini o‘zgartirdi, baribir. Lekin uning yo‘nalishi keskin o‘zgardi: Xyuston o‘rniga Qrimda paydo bo‘ldi. Xullas, shu bilan futbolchining eng g‘alati sarguzashti boshlandi.

2012 yili Simferopolning «Tavriya»si Ukraina Premyer-ligasida o‘ynardi. O‘shanda jamoani  mashhur Oleg Lujniy boshqarar, vise-prezident lavozimida esa futbol agenti Dmitriy Selyuk ishlardi.

Advinkula Qrim klubi ixtiyorida atigi bir oy ushlanib turdi va loaqal 1ta o‘yinda maydonga tushmasdan Peruga qaytib ketdi. Aniqrog‘i, sobiq jamoasi - «Sporting Kristal»­ga ijara kelishuvi asosida jo‘natdi. Nega, nima bo‘lgandi? Bu boradagi taxminlar turlicha.

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 15:13, 13.07.2018.
O'qildi: 8472 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.