Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/03 00:45 Udineze 3-0 Fiorentina
03/03 01:00 Real Madrid 0-1 Xetafe
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 - Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum - Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa - Chelsi
05/03 00:30 Fulhem - Vest Xem
05/03 00:30 Brayton - Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti - Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl - Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi

AGMK — «Paxtakor» uchrashuvida ro‘y bergan vaziyatga PFL munosabati

AGMK — «Paxtakor» uchrashuvida ro‘y bergan vaziyatga PFL munosabati

Baho:
+-1 | -1

PEPSI Superliganing 14-turi doirasidan o‘rin olgan AGMK — "Paxtakor" (0:1) uchrashuvining 52-daqiqasida ro‘y bergan vaziyat futbol jamoatchiligi o‘rtasida keng muhokama etilmoqda. 

Gap shundaki, mazkur uchrashuvning 52-daqiqasida “Paxtakor” jamoasi hujumga o‘tgan paytda to‘p AGMK a’zosi Muzaffar Muzaffarovga kelib tushdi va uchrashuv bosh hakami Vladislav Seytlin shu onda o‘yinni to‘xtatib, ushbu futbolchiga ikkinchi sariq kartochkani ko‘rsatdi. Natijada bunga qadar 26-daqiqada ilk marta ogohlantirilgan Muzaffarov maydonni tark etdi. Uchrashuv sharhlovchisi bu vaqtda to‘p AGMK futbolchisining qo‘liga tekkan yoki tegmagani borasida fikr bergan. Aslida esa hakamning qarorida bu mavzu umuman rol o‘ynamagan.

Mazkur vaziyatda bosh hakam tomonidan qabul qilngan qaror ko‘pchilik tomonidan muhokama etilmoqda. Bugun O‘FA Hakamlar va nazoratchilar boshqarmasi mazkur vaziyat yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi. Unda AGMK — "Paxtakor" o‘yinida ro‘y bergan vaziyat atroflicha tahlil qilindi. Vladislav Seytlin aslida vaziyat qanday bo‘lganini izohlab, o‘sha holatda AGMK futbolchisi o‘zini professional futbolchiga xos ravishda tutmasdan, nohalol tarzda o‘ynaganini ta’kidladi. Ya’ni, “Paxtakor” jamoasi hujum qilayotgan paytda to‘p qanotdan jarima maydonchasiga yaqin joyda turgan Jaloliddin Masharipovga uzatib berilgandi. Lekin AGMK a’zosi Muzaffar Muzaffarov raqibini chalg‘itish maqsadida “To‘pni o‘tkazib yubor, ortingda men borman” deya ta’kidladi. Natijada sakrab to‘pni to‘xtatishga chog‘langan Masharipov unga tegmadi va to‘p borib Muzaffar Muzaffarovga tushdi. Bu tarzda raqibini chalg‘itib, to‘pga ega chiqish halol o‘yin prinsiplariga aslo to‘g‘ri kelmaydi.

Xalqaro Futbol Assosiasiyalari Kengashi IFAB tomonidan ishlab chiqilgan 2017-18 yillar uchun Futbol qoidalarining 12-bo‘lim 3-bandida futbolchiga o‘zini sportchiga xos bo‘lmagan tarzda tutgani uchun sariq kartochka ko‘rsatilish holatlari qayd etilgan. Aynan shu bandga ko‘ra, futbolchi agar raqibini og‘zaki tarzda haqorat qilsa yoki uni quyushqondan chiqarishga, raqibni chalg‘itishga urinsa sariq kartochka bilan jazolanadi. O‘yin paytida haqoratli so‘zlar ishlatish yoki raqibni chalg‘itishni ko‘zlagan qichqiriqlarni amalga oshirish sportchiga xos bo‘lmagan harakat hisoblanadi. 

O‘FA Hakamlar va nazoratchilar boshqarmasi AGMK — "Paxtakor" uchrashuvining 52-daqiqasida ro‘y bergan vaziyatni muhokama etgach, AGMK futbolchisi Muzaffarovning qichqirig‘ini sportchiga xos bo‘lmagan harakat deya baholadi va bosh hakam Vladislav Seytlin tomonidan qabul qilingan qarorni to‘g‘ri, deya topdi.

Manba: www.pfl.uz
Kiritildi: 16:50, 13.07.2018.
O'qildi: 5878 marta.
Fikrlar: 17 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.