Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Raqam yarashmabdi-ku! Yoxud taniqli futbolchilardagi noadatiy raqamlar (ikkinchi qism)

Raqam yarashmabdi-ku! Yoxud taniqli futbolchilardagi noadatiy raqamlar (ikkinchi qism)

Baho:
+ | -

Gazetamizning avvalgi sonlarida o‘z pozisiyasiga mos bo‘lmagan raqamlarda to‘p suruvchi futbolchilar haqida maqola chop etilgandi. Bu safar, umuman, millionlar o‘yini uchun o‘ta g‘alati ko‘rinadigan raqamli liboslarda o‘ynaganlar xususida suhbatlashamiz.

FIFA qoidalariga ko‘ra, o‘yinchilar faqat 1dan 99gacha bo‘lgan raqamlarda maydonga tushishlari mumkin. Ammo aksariyat futbolchilarning ushbu qoidani chetlab o‘tishganiga yetarlicha misollar bor.

Buni qarangki, ayrim futbol federasiyalari o‘z o‘yinchilariga mutlaqo noan’anaviy raqamlarda to‘p surishga ruxsat beradi.

0 — HISHOM ZERUALI («Aberdin»), STIV KRONIN («Gelaksi»)

Marokashlik futbolchi «Aberdin»da o‘ynab yurgan kezlari (1999-2000) shunday ekzotik raqamni tanlagan, bunga uning familiyasi, aniqrog‘i, familiyasi tufayli o‘ylab topilgan taxallusi - «Zero» sabab bo‘lgan. To‘g‘ri, FIFA 1dan 99gacha bo‘lgan raqamlarda to‘p surishga ruxsat bergan, ammo Zeruali uchun istisno qo‘llangan.

Hishom Shotlandiyada uzoq qolib ketmadi, vaholanki, u yerdagi birinchi mavsumini yomon o‘tkazmagandi. 2003 yili u qadrdon yurtiga qaytdi va 27 yoshida avtohalokat tufayli vafot etdi. Shuningdek, MLS ishtirokchisi «Los-Anjeles Geleksi» darvozaboni Stiv Kronin ham 2006 yili «0» raqamli futbolkada maydonga tushgan.

45 - MARIO BALOTELLI

Bu forvard butun faoliyatini 45-raqam ostida o‘tkazdi. Umuman, u «9»ni yoqtirardi, ammo «Inter»ning asosiy jamoasida to‘p surayotganida bu raqam band edi. «45»ni tanlashimga sabab, 4}5q9 bo‘ladi», - deya qarorini izohlab bergan Balotelli. U hamon 45-raqamli futbolkada o‘ynamoqda.

58 - XARED BORGETTI, XUAN PABLO RODRIGES, BENJAMIN GALINDO

Meksika chempionatida birdaniga uch futbolchi bir vaqtning o‘zida 58-raqamli libosda musobaqada qatnashishgan. Sababi shundaki, mazkur uchovlon mahalliy radiostansiya bilan tuzilgan reklama shartnomasiga binoan, aynan shunday raqam ostida o‘ynashlari talab etilardi.

67 - VIKTOR VANYAMA («Seltik»)

Keniyalik yarim himoyachi «Seltik»ka kelganida 1967 yildan kelib chiqib raqam tanlagan. O‘shanda «keltlar» Yevropa chempionlar kubogida zafar quchishgandi.

69 - BIKSAN LIZARAZYU («Bavariya»)

Basklik chap qanot himoyachisi «Bavariya»da o‘ynagan kezlari milliy basketbol ligasida taqiqlangan raqamni tanlagandi. Ushbu tanlovga ajoyib tasodif sabab bo‘lgan - Lizarazyu 1969 yili tug‘ilgan, bo‘yi 169 santimetrdan oshmagan, o‘rtacha vazni esa 69 kilogrammni tashkil qilgan.

76, 80, 84 - SHEVCHENKO, RONALDINYO, FLAMINI («Milan»)

So‘nggi paytlarda aksariyat futbolchilarning tug‘ilgan kunlari sharafiga raqam tanlashlari odat tusini olmoqda. Masalan, Andrey Bogdanov «Olimpik»da 90-raqamda to‘p surgan.

Ammo bu boradagi e’tiborli holat «Milan»da kuzatilib, bir transfer mavsumida Andrey Shevchenko, Ronaldinyo va Matye Flamini tarkibga qo‘shilishgandi. Shu tariqa ularning liboslariga tug‘ilgan yillarining so‘nggi ikkita raqami muhrlangandi.

01 - ROJERIO SENI («San-Paulu»), DEREK RIORDAN («Xibernian»)

Rojerio Seni - darvozabonlar orasidagi eng yaxshi to‘purar sifatida futbol tarixiga kirgan. 2007 yildan to faoliyatining oxirgi kunigacha u «01» raqami ostida maydonga tushgan. Xuddi shu sonlarni «Xibernian» yarim himoyachisi Darek Riordanning libosida ham ko‘rish mumkin edi. Farqi, bu futbolchi tushgan vaziyat biroz qiziqarliroq.

U odatda, 10-raqamni yoqtirar, ammo Shotlandiya klubiga kelganida, «o‘nlik» band ekanidan xabar topgan. «1» esa bo‘sh edi. Shu tariqa Riordan rasman 1-raqam ostida ro‘yxatdan o‘tkazilgan, libosiga esa «01» muhrlangan. Ya’ni, teskarisiga «10» bo‘ladi.

618, 700, 800 - ROJERIO SENI («San-Paulu»)

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 09:03, 15.07.2018.
O'qildi: 8030 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.