Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Tassurotlar chakki emas yoxud OFK terma jamoalarining JCH-2018dagi ishtirokiga nazar

Tassurotlar chakki emas yoxud OFK terma jamoalarining JCH-2018dagi ishtirokiga nazar

Baho:
+ | -

Yaqinda g‘alati bir xabar chiqdi: Rossiya mundialida yomon ishtirok etmagan Yaponiya terma jamoasining guruh bosqichidagi 3ta o‘yini natijasini bashorat qilgan Rabyo laqabli ulkan sakkizoyoq 1|8 final uchrashuvidan oldin o‘ldirilibdi.

Bu haqda ITAR-TASS axborot agentligi xabar tarqatdi. Qiziq va tushunarsiz holat: sakkizoyoqda nima ayb? Qo‘shimcha qilinishicha, sakkizoyoq bozorga olib borilgan va xaridorlarga tortiq etilgan.

Jonivor nima sababdan bunday «jazo»ga mahkum qilingani mavhum. Fransiyaning «Pari Sen-Jermen» klubi yarim himoyachisi Adrian Rabyo sharafiga atalgan ushbu sakkizoyoq yaponlarning Kolumbiya termasi ustidan g‘alaba qozonishlari, senegalliklar bilan durang qayd etishlari va polshaliklarga yutqazishlarini aniq bashorat qilish asnosida tanilgandi.

Uning Yaponiya - Belgiya o‘yiniga qanday «tashxis» qo‘ygani esa ma’lum emas. Endi OFK vakillarining JCH-2018ga bog‘liq umumiy statistikasiga birrov nazar solamiz.

Faktlar va statistik ko‘rsatkichlar

1 - Yaponiya termasi uchinchi urinishda «pley-off» bosqichida gol urishni uddaladi. Yaponlar 2002 va 2010 yilgi JCHda guruhdan chiqib, tegishlicha Turkiya (0:1) hamda Paragvay (0:0, pen. - 3:5) terma jamoalari darvozasiga yo‘l topolmagandilar.

6 - 2018 yilning 1 iyun kuni «Betis» safiga qo‘shilgan Takashi Inui Yaponiya terma jamoasi uchun 6ta gol urgan. E’tiborlisi, u barcha gollarini boshqa qit’a terma jamoalariga qarshi bahslarda nishonlagan.

7 - 2011 yildan buyon Yaponiya terma jamoasi safida o‘ynayotgan 27 yoshli Genki Xaraguchi hozirda yetakchilar qatoriga kirib ulgurdi. Uning hisobida jami 7ta gol bor. Genki milliy jamoadagi gollari hisobini Iroq termasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida nishonlagan, keyin esa faqat rasmiy o‘yinlarda o‘zini ko‘rsatgan.

114 - Belgiya termasiga qarshi bahsda Yaponiya milliy jamoasi safida 114-marta maydonga tushgan 34 yoshli Makoto Xasebe xalqaro faoliyatiga nuqta qo‘ydi. Jamoa tarixidagi eng yorqin sardorlardan biri «samuraylar» safida 2006 yilning 11 fevral kuni San-Fransisko shahrida AQSH termasiga qarshi kechgan bahsda debyut qilgandi.

U shu vaqt oralig‘ida yaponlar bilan 6ta katta turnirda qatnashib, 2011 yilgi Osiyo kubogida g‘alaba nashidasini surdi.

OFK uchun yoqimsiz «superkambek»

Belgiya termasi 1|8 finalda yaponlarga qarshi kechgan o‘yinda chinakam xarakter ko‘rsatdi, darhaqiqat. Chunonchi, Roberto Martines shogirdlari ikkinchi bo‘lim davomida 0:2 hisobida ortda borayotib, yakunda g‘alabani o‘z tomonlariga ag‘darishdi - 3:2.

JCH tarixida «pley-off» o‘yinlarida bunday «kambek» ilk marta 1970 yilning 14 iyun kuni Germaniya termasi tomonidan qayd etilgandi. O‘shanda nemislar qo‘shimcha bo‘limlarda Angliya termasini 3:2 hisobida taslim qilishgan.

Belgiya termasi esa 1966 yildan buyon «pley-off» bahsining asosiy vaqtida 2ta gol kamomadini yo‘qotib, g‘alabani ilib ketgan birinchi jamoa bo‘ldi. Shunga o‘xshash holat JCH-66 chorak finali doirasidagi Portugaliya - KXDR uchrashuvida kuzatilgandi (qarang, yana Osiyo jamoasi ishtirokida).

Shimoliy koreyaliklar o‘yinning 25-daqiqasigacha hisobni 3:0 ko‘rinishiga keltirib qo‘yishadi. Biroq keyinchalik afsonaviy Eysebioning yulduzi porlaydi va portugallar uning 4ta goli («poker») evaziga qit’adoshlarimizni 5:3 hisobida dog‘da qoldirishadi. To‘g‘ri, Eysebio 4ta golidan 2tasini penalti orqali urgandi.

Texnik ko‘rsatkichlar, gollar jadvali, asistentlar, umumiy statistika

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 15:44, 16.07.2018.
O'qildi: 3503 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.