Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Jakarta-2018. O‘zbekiston delegasiyasining bayroqdori nomini e’lon qilindi

Jakarta-2018. O‘zbekiston delegasiyasining bayroqdori nomini e’lon qilindi

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, 18 avgust kuni Indoneziya poytaxti Jakarta shahrida qit’ada to‘rt yillikning eng nufuzli musobaqasi – Osiyo o‘yinlari boshlanadi.

Bugungi kungacha ushbu musobaqaning ochilish marosimida qaysi sportchimiz bayroqdor vazifasini bajarishi masalasi ochiq turgandi. Bugun ushbu sharafli vazifa yurtdoshlarimizdan qay biriga ishonib topshirilishi ma’lum bo‘ldi.

Unga ko‘ra, musobaqaning ochilish marosimida O‘zbekiston delegasiyasining bayroqdori etib Osiyo chempioni, Osiyo o‘yinlari sovrindori, ko‘plab xalqaro turnirlar g‘olibi hisoblangan bokschimiz Isroil Madrimov tayinlandi.

Eslatib o‘tamiz, Madrimov avvalgi Osiyo o‘yinlarida finalgacha yetib borgan va musobaqaning kumush medalini qo‘lga kiritgandi. Biz bu safar Isroildan oltin medal kutib qolamiz.

Ma’lumot uchun, 2014 yili Janubiy Koreyaning Incheon shahrida bo‘lib o‘tgan XVII Osiyo o‘yinlarida ushbu vazifa jahonga mashhur dzyudochimiz Rishod Sobirovga ishonib topshirilgandi.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 19:15, 16.07.2018.
O'qildi: 6822 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик