Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

Intervyu. Anzur Ismoilov: «Qatar va boshqa xorij klublaridan bo‘ladigan takliflarga keskin rad javobini berdim»

Intervyu. Anzur Ismoilov: «Qatar va boshqa xorij klublaridan bo‘ladigan takliflarga keskin rad javobini berdim»

Baho:
+ | -

Yetti yil davomida «Chanchun Yatay» jamoasi sharafini himoya qilgan tajribali himoyachi Anzur Ismoilov Xitoy klubini tark etib, Toshkentning «Lokomotiv» klubi bilan shartnoma imzoladi.

Kelishuv yil oxirigacha amalda bo‘ladi. Ismoilov «Chanchun Yatay» tarkibiga 2011 yili qo‘shilgandi. Ushbu jamoa safida jami 186ta uchrashuvda maydonga tushib, 12 marotaba raqiblar darvozasini ishg‘ol qilgan.

Anzur ketganidan so‘ng klub rahbariyati himoyachi Nemanya Peychinovichni o‘z tarkibiga qo‘shib oldi. Serbiyalik bu futbolchi erkin agent sifatida «Chanchun Yatay» bilan shartnomaga imzo chekdi.

Biz «Lokomotiv»ga transferi rasman amalga oshgach, Anzur Ismoilov bilan uchrashdik va undan eksklyuziv intervyu oldik.

- Anzur, avvalo, katta tanaffusdan so‘ng yana O‘zbekiston chempionatiga qaytganingiz bilan tabriklayman. Ko‘pchilik uchun bu biroz kutilmagan transfer bo‘ldi. Kelishuv qay tarzda amalga oshdi?

- Tabrik uchun rahmat. Albatta, O‘zbekistonga qaytganimdan xursand­man. Shu yilning boshidayoq «Lokomotiv» bilan ushbu transfer yuzasidan og‘zaki kelishib qo‘ygandik.

O‘shanda Toshkent jamoasi rahbarlari menga qo‘ng‘iroq qilib, «Xitoy klubi bilan shartnomang yakunlanganidan so‘ng bemalol kelaver, eshiklarimiz sen uchun doimo ochiq», de­yishgandi. O‘sha ahdlashuv natijasida hozir «Lokomotiv»daman.

- «Chanchun Yatay» bilan amalda shartnomangiz bormidi yoki tugaganmidi? «Lokomotiv»ga ozod agent maqomida o‘tdingizmi?

- Xitoy klubi bilan yana yarim yillik shartnomam bor edi. Ular meni Qatar chempionati jamoalarining biriga sotmoqchi bo‘lishgandi.

Shunda klubimiz rahbariyatiga ketsam faqat O‘zbekiston chempionatiga ozod agent maqomida qaytishimni aytdim. Meni to‘g‘ri tushunishgani uchun ularga minnatdorlik bildirdim.

- Qatar klubi varianti qiziqroq ko‘rinmadimi? «Lokomotiv» nimasi bilan sizni o‘ziga jalb qila oldi?

- Ochig‘ini aytsam, oilam sabab O‘zbekistonga qaytishga qaror qildim. O‘zim Xitoyda, farzandlarim Toshkentda edi. Ularni juda sog‘ingandim. Men ham aksariyat otalar singari farzandlarimni mashg‘ulotga, bog‘chaga olib borishni xohlayman.

Shularni o‘ylab ham Qatar yoki boshqa xorij klublaridan bo‘ladigan takliflarga keskin rad javobini berdim.

- Sir bo‘lmasa, Qatarning qaysi jamoasidan chorlov bo‘lgandi?

- To‘g‘risi, bu bilan qiziqmadim ham. Chunki yetti yarim yil davomida legioner sifatida xorijda o‘ynab charchagandim. Shundan kelib chiqib ham klubimiz rahbarlaridan o‘zimni O‘zbekistonga, bo‘lib ham tekinga qo‘yib yuborishlarini so‘ragandim.

- «Chanchun Yatay»da yetti yarim yil o‘ynadingiz. Hamma legionerlarga ham bir jamoada bunday uzoq muddat o‘ynash nasib etmaydi. O‘z o‘rnida Xitoy klubi osonlikcha qo‘yib yubormagandir? Balki sizga klub tizimida ish taklif qilingandir?

- Xitoy klubi men uchun qadrdon bo‘lib qolgandi. O‘z o‘rnida jamoaning bir bo‘lagiga ham aylanib ulgurgandim. U yerda hamma narsa men uchun qadrli edi. Shaharda yaxshigina obro‘-e’tiborga ega edim. «Chanchun Yatay» rahbarlari va murabbiylar shtabi men bilan xayrlashishni istashmadi.

Siz aytgandek, klub tizimidan ish taklif qilishdi. Agar xohlasang, o‘ynovchi murabbiy bo‘lishing mumkin, deyishdi. Lekin ketishimni ulardan o‘zim so‘radim. Chunki Vatan va oilani juda sog‘ingandim. Farazandlarim Xitoy tilini o‘rganib olishlari barobarida, o‘zbek, rus va ingliz tillarini esdan chiqara boshlashgandi.

Shuning uchun ham ularni Toshkentga jo‘natib yuborgandim. Lekin farzandlarimsiz uzoq vaqt qololmasligimni tushunib yetdim. To‘ng‘ichim bu yil maktabga chiqishi kerak, kichigi bog‘chaga boradi. Shularni o‘ylab ham O‘zbekistonga qaytdim va bu qarorimdan hech ham afsuslanmayman.

- «Chanchun Yatay»da o‘tkazgan yetti yarim yillik faoliyatingiz va umuman, Xitoy futbolidan olgan taassurotlaringiz bilan o‘rtoqlashsangiz. Faoliyatimning eng yorqin yillari Chin yurtida o‘tdi, deya olasizmi?

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 09:10, 17.07.2018.
O'qildi: 5892 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.