Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti 1-1 Everton
26/12 20:00 Bornmut 0-0 Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi 1-2 Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl 3-0 Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest 1-0 Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton 0-1 Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton 2-0 Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul 3-1 Lester
28/12 00:30 Brayton - Brentford
28/12 01:15 Arsenal - Ipsvich
28/12 19:00 Empoli - Jenoa
28/12 19:00 Parma - Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter

APLning bitta mavsumida eng ko‘p gol urgan futbolchilar (fotogalereya)

APLning bitta mavsumida eng ko‘p gol urgan futbolchilar (fotogalereya)

Baho:
+ | -

Misrlik Muhammad Saloh yakunlangan mavsum ajoyib samaradorlik namoyish etib, APLning yangi tarixidagi to‘purarlar uchun «planka»ni yuqoriroqqa ko‘tarib qo‘ydi - 32ta gol.

Keling, JCH-2018 yarim finalidan oldin biroz chalg‘ib, dunyoning eng shiddatli birinchiligi - APLning bitta mavsumida gol bo‘yicha «30]» marrasidan oshgan futbolchilarga nazar solamiz.

Alan SHIRER

APL tarixidagi eng yaxshi to‘purar. Uning hisobida naq 260ta gol bor. Alan kamtarin «Blekbern Rovers» safida o‘ynab ham, «30+»  marrasini naq 3 marta «bo‘ysindirgandi». Ya’ni 1993|1994 va 1995|1996 yillar mavsumida 31ta gol urgan hujumchi orada raqiblar darvozasini 34 marta nishonga olib, «Blekbern»ning chempion bo‘lishiga zamin hozirlagandi.

Nimaga erishdi? Shirerning klub futbolidagi eng katta g‘alabasi - bu aynan «Blekbern» safida qo‘lga kiritgan chempionlik unvoni.

Muhimi, Alan 1995 yilgi zafardan keyin o‘zining asosiy orzusini ro‘yobga chiqardi - sevimli klubi «Nyukasl Yunayted» tarkibiga qo‘shilib, goleadorlik mahoratini davom ettirdi. Xususan, barcha turnirlar hisobidan 206 gol urib, «qarg‘alar» tarixidagi bosh to‘purarga aylandi.

Endi KOUL

Bu futbolchi «Nyukasl» bilan ikkinchi diviziondan APLga ko‘tarilgani hamono (mavsum-1993|1994) jamoaning eng yaxshi to‘purari bo‘lish barobarida bitta mavsumda gol urish bobida APL rekordini o‘rnatdi - 34ta aniq zarba. «Qarg‘alar» esa debyut mavsumida «MYU» hamda «Blekbern»dan keyin 3-o‘rinni egallashdi.

Nimaga erishdi? Endining golni his qilish qobiliyati ser Aleks Fergyusonni befarq qoldirmadi va u mavsum-1994|1995 yarmida hujumchini «MYU» safiga chorladi. Asosiysi, Koul Manchesterda behisob sovrinlarga ega chiqdi.

Xususan, 1999 yili qayd etilgan «trebl» («qizil iblislar» APL, Angliya kubogi va CHLda g‘alaba qozonishgan)da muhim rol bajardi. Endi tasavvur qiling, agar hujumchi «Nyukasl»da qolganidami, uning hujumida qanday zo‘r tandem vujudga kelardi: Koul - Shirer.

Luis SUARES

Urugvaylik hujumchining goleadorlik mahorati hech qachon shubha ostiga olingan emas - ideal «to‘qqiz». To‘g‘ri, Suares «Enfild»dagi faoliyati boshida uncha yorqin o‘ynamadi, lekin keyinchalik darvozabonlar uchun tobora «vahshiylashib» bordi.

Ayniqsa, mavsum-2013|2014da mahsuldorlikning eng yuqori cho‘qqisiga chiqdi - 31ta gol. O‘shanda urugvaylikka 38ta turdan iborat mavsumlarda Alan Shirer tomonidan 1996 yili o‘rnatilgan rekordni yangilashi uchun 1tagina gol yetishmagandi.

Nimaga erishdi? Luis o‘ta yuqori mahsuldorlik namoyish etgan o‘sha 2013|2014 yillar mavsumida «Liverpul» kumush medal bilan kifoyalandi. «Qizillar»ning chempionlikni tantana qilishlariga «Manchester Siti» to‘sqinlik qilgandi. Janubiy Amerika futboli vakili keyinchalik «Barselona» safiga o‘tdi va Kataloniyadagi ilk mavsumdayoq CHL kubogini boshi uzra baland ko‘tardi.

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 04:30, 18.07.2018.
O'qildi: 10167 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.