Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/05 15:00 Komo 1-0 Parma
17/05 15:00 Jenoa 1-2 Milan
17/05 15:00 Yuventus 0-2 Fiorentina
17/05 15:00 Piza 0-3 Napoli
17/05 15:00 Roma 2-0 Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted 3-2 Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter 1-1 Verona
17/05 19:00 Everton 1-3 Sanderlend
17/05 19:00 Brentford 2-2 Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids 1-0 Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton 1-1 Fulhem
17/05 21:00 Atalanta 0-1 Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl 3-1 Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano 2-0 Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko 1-0 Jirona
17/05 22:00 Osasuna 1-2 Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao 1-1 Selta
17/05 22:00 Elche 1-0 Xetafe
17/05 22:00 Levante 2-0 Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad 3-4 Valensiya
17/05 22:00 Sevilya 0-1 Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo 0-1 Alaves
17/05 23:45 Kalyari 2-1 Torino
17/05 23:45 Sassuolo 2-3 Lechche
17/05 23:45 Udineze 0-1 Cremonese
18/05 00:15 Barselona 3-1 Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli
19/05 23:30 Bornmut - Manchester Siti

Lotar Matteus: «Lyov tarkib tuzishda adashdi»

Lotar Matteus: «Lyov tarkib tuzishda adashdi»

Baho:
+ | -

Germaniya terma jamoasi sobiq sardori, JCH-90 g‘olibi - Lotar Matteus ham nemislarning Rossiya mundialidagi omadsiz ishtiroklarida bosh murabbiy Yoaxim Lyovni ayblamoqda.

U ijtimoiy loyiha doirasida Krasnoyarskning «Tot» o‘smirlar jamoasi (Bolalar uyi tarbiyalanuvchilaridan tuzilgan) va FIFA afsonalari -  Ronaldo, Iker Kasilyas, Karles Puyol, Aleksey Smertin kabi sobiq futbolchilar ishtirokidagi xayriya o‘yinida qatnashdi.

Tadbir yakunida esa jurnalistlar Matteusni qurshab olishdi.

- Germaniya termasiga o‘zi nima bo‘ldi?

- Oxirgi yil davomida jamoa atrofidagi ishlar yaxshi rivojlanmadi. Tan olish kerak, Lyov katta hajmda ish bajardi, biroq tayyorgarlik jarayonining so‘nggi bosqichini diqqat bilan tahlil qilish kerak.

Bu uning xatosi. Birinchidan, tarkib tuzishda adashdi. Lekin futbolchilarni ham oqlab bo‘lmaydi. Ularda ehtiros-ishtiyoq sezilmadi, maydonda 4 yil oldingidek  o‘zaro tushunib to‘p surolmadilar.

- Natijadan qattiq ranjigandirsiz...

- Tushuning, Germaniya termasi koreyslar bilan shu qadar sust o‘ynadiki, jamoaning «pley-off»ga chiqishidan ma’no yo‘q edi.

- Endi nima bo‘ladi?

- Tabiiyki, o‘yin sifati ham, natija ham hech kimni qoniqtirmadi. Demak, 4 yilcha oldin Braziliyada katta muvaffaqiyatga erishgan jamoa nega birdan o‘zgarib qolganini chuqur tahlil qilish lozim.

- Lyov ketishi kerakmi?

- Bu haqda gapirishga erta. Murabbiy va federasiya vakillari avvalo, JCHdagi o‘yinlarni obdon o‘rganib chiqishsin. Lyov 12 yil davomida samarali ishlab, har safar jamoani yirik turnirlarning hal qiluvchi raundlariga olib chiqdi, yakunda jahon chempionatida g‘alabani ta’minladi.

Biroq endi jamoa tizimida nimadir buzildi, shekilli. Bunday holatda shoshma-shosharlik bilan keskin qaror qabul qilish yaramaydi.

- JCH-2018da eng yaxshi taassurot qoldirayotgan hujumchi...?

- Keyn juda yaxshi, jamoa uchun ishladi. Shubhasiz, u bosh to‘purar bo‘lishga asosiy da’vogar edi.

- Messining esa ishlari yurishmadi?

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 21:36, 18.07.2018.
O'qildi: 7150 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик