Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/02 18:00 Buxoro 1-0 Qo‘qon-1912
27/02 18:45 Andijon 4-0 So‘g‘diyona
27/02 19:00 Paxtakor 2-0 Qizilqum
28/02 00:45 Parma - Kalyari
28/02 01:00 Levante - Alaves
28/02 01:00 Vulverhempton - Aston Villa
28/02 17:30 Bornmut - Sanderlend
28/02 18:00 Rayo Valyekano - Atletik Bilbao
28/02 18:45 Neftchi - Mash’al
28/02 19:00 Komo - Lechche
28/02 19:00 Lokomotiv - Surxon
28/02 19:15 Dinamo - Navbahor
28/02 20:00 Brayton - Nottingem Forest
28/02 20:00 Byornli - Brentford
28/02 20:00 Liverpul - Vest Xem
28/02 20:00 Nyukasl - Everton
28/02 20:15 Barselona - Vilyarreal
28/02 22:00 Verona - Napoli
28/02 22:30 Malyorka - Real Sosyedad
28/02 22:30 Lids - Manchester Siti
01/03 00:45 Inter - Jenoa
01/03 01:00 Real Ovyedo - Atletiko
01/03 19:00 OKMK - Bunyodkor
01/03 19:15 Nasaf - Xorazm

Mbappe va futbol afsonalarini solishtiramiz, Kilian kimlardan zo‘r?

Mbappe va futbol afsonalarini solishtiramiz, Kilian kimlardan zo‘r?

Baho:
+ | -

Kilian Sanmi Mbappe Lotten - Fransiya milliy jamoasining yangi yulduzi va JCH-2018ning bosh kashfiyoti. Umuman, fransiyalik 19 yoshli superiqtidorni hozirdan jahon futbolining bo‘lajak qiroli sifatida e’tirof eta boshlashdi.

Bunga asoslar yo‘q emas: Mbappe guruh raundida Peru termasi darvozasini ishg‘ol qildi va Janubiy Amerikaning yovqur jamoasi kemasini g‘arq qildi. Keyin «pley-off»ning birinchi bosqichsida hayratomuz harakatlanish asnosida «dubl»ga erishib, Lionel Messi va uning argentinalik do‘stlarini Rossiyadan «kuzatib» qo‘ydi.

Chorak finalda esa garchi o‘zi gol urmagan bo‘lsada,  Urugvay termasining tartibli himoyasini «betartib» o‘ynashga majburladi. Uning yarimfinal va finaldagi ko‘rsatgan o‘yinlari ham ortiqcha ta’rifga muhtoj emas.

Bu natijalar ta’sirida Mbappeni jahon futbolining sara yulduzlari bilan taqqoslash qayta avj oldi. Qiziq, Pele va Maradona kabi buyuklar ham 19 yoshda Kiliandek yorqin nur sochishganmi?

PELE. Edson Arantis du Nasimentu o‘z iqtidorini juda erta namoyish etib, 17 yoshidayoq jahon chempioni bo‘lgan. Pele o‘sha JCH-58da 6ta gol urgandi (chorak finalda - 1ta, yarim finalda - 3ta va finalda - 2ta). U shu-shu futbol qiroli maqomiga ega.

Pele 19 yoshida hozirgi Mbappedan zo‘r bo‘lganmi? HA.



MARADONA. 17 yoshli Diyego Armandoni Argentinada o‘tkazilgan JCH-78 «zayavka»siga kiritishmagan. Natijada u Pele natijasini takrorlash imkoniyatidan mahrum bo‘lgan (har holda, o‘sha yili argentinaliklar g‘olib chiqishgandi).

Xullas, Maradona mundialdagi g‘alabani yana 8 yildan keyin, 25 yoshida nishonlagan.

Maradona 19 yoshida hozirgi Mbappedan zo‘r bo‘lganmi? YO‘Q.



KROYFF. «Uchar» Yoxan Gollandiya termasida aynan 19 yoshida debyut qilgan. Top-darajaga esa keyinroq erishgan - Yevropa CHKda ilk marta g‘alaba nashidasini surganida, 24 yoshda edi. Mundialda bo‘lsa, 30 yoshga yaqinlashganida jasorat ko‘rsatgan.

Kroyff 19 yoshida hozirgi Mbappedan zo‘r bo‘lganmi? YO‘Q.



ANRI. Tyerri 17 yoshida «Monako»ning asosiy tarkibiga kira boshlagan va 3 yildan keyin jamoaning «oltin» yutishiga yordam berib, Fransiya chempionati eng yaxshi futbolchisiga atalgan sovrinni qo‘lga olgan.

JCHdagi zafarni esa deyarli 21 yoshga to‘lgan payti bayram qilgan.

Anri 19 yoshida hozirgi Mbappedan zo‘r bo‘lganmi? YO‘Q.



ZIDAN. Zayniddin boshida alohida ko‘zga tashlanmagan, o‘yinida buyuklik nishonasi ko‘rinmagan. 24 yoshni qarshilaganidan keyingina «Yuventus» safiga qo‘shilgan va...

Zidan 19 yoshida hozirgi Mbappedan zo‘r bo‘lganmi? YO‘Q.



PLATINI. Mishel «Oltin to‘p»»ni ketma-ket 3 marta (1983-1985 yillarda) qo‘lga kiritgan, lekin 28-30 yoshida. Fransiya termasidagi debyutiga kelsak, 21 yoshli Platini ilk o‘yinidayoq gol urgan, ammo keyingi yili JCH-78da hech qanday karomat ko‘rsatolmagan.

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 12:57, 19.07.2018.
O'qildi: 8023 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.