Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

Rossiya chempionati g‘olibi qancha oladi? APL autsayderlarichi?

Rossiya chempionati g‘olibi qancha oladi? APL autsayderlarichi?

Baho:
+ | -

ROSSIYA CHEMPIONATI UCHUN YOQIMSIZ RAQAMLAR

«SE» nashri ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya Premyer-ligasining har bir ishtirokchisiga teletranslyasiyalar sotuvidan chamasi 1,8 million yevro tegadi.

«Lokomotiv» esa mamlakat chempioni sifatida yana taxminan 5 million yevro mukofot puli oladi. Har holda, liga rahbari Sergey Pryadkinning aytishicha, turnir g‘olibiga 368 mln. rubl ajratilgandi.

Bundan tashqari, chiptalar sotuvi tushumi ham bor. «Temiryo‘lchilar» klubining Marketing va kommunikasiyalar bo‘limi direktori Aleksey Smertinning ma’lum qilishicha, klub chempionlik mavsumida chiptalar savdosidan 320 million rubl (chamasi 4,3 mln. yevro) topgan.

700 ming yevro - bu «Lokomotiv» g‘aznasiga transferlardan tushgan mablag‘ summasi (moskvaliklar Xentini Vengriya klubiga 500 ming va Ndingani «Sivasspor»ga 200 ming yevroga sotishgan).

Demak, Rossiya Premyer-liga-2017|2018 g‘olibining butun mavsum davomidagi jami daromadi taxminan 12 million yevroni tashkil qilgan.

Rossiya chempionatiga daxldor moliyaviy hisobotni dunyo futbolining eng kuchli birinchiligi - APL raqamlari bilan solishtirish mantiqqa ham sig‘maydi. Deylik, Angliya chempionatida so‘nggi pog‘onani band etgan «Vest Bromvich» birgina telehuquqlar sotuvidan chamasi 14 million yevro oladi.

Boshqacha aytsak, APLning eng zaif jamoasi ham bitta yo‘lanishda Rossiya chempionining butun mavsumdagi daromadidan ko‘proq topadi. Ya’ni «Lokomotiv»ning transferlar va chiptalar sotuvi yo‘nalishidagi ulushini qo‘shib hisoblasak ham (vaholanki, bularning mukofot jamg‘armasiga hech qanday daxli yo‘q), jami summa APL autsayderiga telehuquqlar uchun beriladigan mablag‘ miqdoriga yetmaydi.

Rossiya chempioni va APLning o‘sha eng zaif ishtirokchisining mavsum bo‘yi topgan pulini esa o‘zaro taqqoslashning o‘zi kulguli. Qarang...

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 16:24, 19.07.2018.
O'qildi: 6284 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик