O‘zbekiston U-19 ayollar terma jamoasi Osiyo chempionatining saralash bosqichiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida Namangan shahrida yig‘in o‘tkazayotgani haqida avval xabar bergandik.
Karima Yo‘ldosheva shogirdlari Namanganda mashg‘ulotlar o‘tkazishdan tashqari nazorat o‘yinlarida maydonga tushishi ham rejalashtirilgan. Yig‘in 25 iyulga qadar davom etadi.
Bugun O‘zbekiston U-19 ayollar terma jamoasi PEPSI Superligasidan o‘rin olgan “Navbahor” – “So‘g‘diyona” uchrashuvini tomosha qilish uchun Namangandagi stadionga tashrif buyurishdi.
Eslatib o‘tamiz, qur’a natijalariga ko‘ra futbolchi qizlarimiz Qirg‘iziston, BAA, Guam, Maldiv orollari terma jamoalari bilan "S" guruhidan joy olgan.
Saralash o‘yinlari 2018 yil 20 oktyabr kunidan 29 oktyabr kuniga qadar Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahrida bo‘lib o‘tadi.
Kannavaro «Real»ning Mbappedan ustun bo‘lgan sobiq hujumchisi nomini aytdi [3767]
Puyol «Barselona»da ko‘rishni istagan «Real» futbolchisining nomini aytdi [2411]
Messi Neymarning Braziliya terma jamoasiga qaytishi haqida fikr bildirdi [2014]
«Barsa»ga «Tottenxem» himoyachisi taklif qilindi [1920]
Gvardiola: «Manchester Yunayted» qanday xursand bo‘lganini ko‘ring» [1800]
Bartomeu: «Barselona» Vinisius bo‘yicha kelishuvga erishgan edi» [1553]
Arbeloa Valverde va Tchuameni o‘rtasidagi mushtlashuvga ilk bor munosabat bildirdi [1434]
De Yong: «Bu tarixiy chempionlik bo‘ladi» [1209]













