Kirish Ro'yxatdan o'tish

Qozog‘istonlik taniqli figurali uchuvchi o‘ldirib ketildi

Qozog‘istonlik taniqli figurali uchuvchi o‘ldirib ketildi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Kecha, 19 iyul kuni Olma-ota shahrida qozog‘istonlik figurali uchuvchi Denis Ten pichoqlanish natijasida vafot etgan. Bu haqda “KazInform” xabar bermoqda.

Sportchi shifoxonga olib borilgan. Biroq juda ham ko‘p qon yo‘qotgani sabab uni hayotda saqlab qolishning imkoni bo‘lmagan.

Ma’lumotga ko‘ra, ikki o‘g‘ri uning avtomobili ko‘zgusini o‘g‘irlamoqchi ekanini sportchi ko‘rib qolib, ularga qarshilik ko‘rsatgan. Oqibatda o‘g‘rilar sportchiga pichoq bilan zarba bergan.

Jinoyatchilar voqea joyidan yashiringan. Hozirda shahar Ichki ishlar departamenti xodimlari ularni qidirmoqda.

25 yoshli Denis Ten 2014 yil Sochida o‘tgan qishki Olimpiya o‘yinlarida figurali uchish bo‘yicha bronza medali sohibi bo‘lgan. Bundan tashqari, figurali uchish bo‘yicha 2013 va 2015 yillardagi jahon chempionatlarining bronza va kumush medali sovrindori.

Manba: www.qalampir.uz
Kiritildi: 11:15, 20.07.2018.
O'qildi: 3264 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.