Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/01 00:45 Sassuolo 0-3 Yuventus
07/01 01:00 Vest Xem 1-2 Nottingem Forest
07/01 16:30 Yaponiya 5-0 Suriya
07/01 16:30 Janubiy Koreya 0-0 Eron
07/01 19:00 O‘zbekiston 3-2 Livan
07/01 21:30 Qatar 0-2 BAA
07/01 22:30 Bolonya 0-2 Atalanta
07/01 22:30 Napoli 2-2 Verona
08/01 00:30 Bornmut - Tottenhem
08/01 00:30 Brentford - Sanderlend
08/01 00:30 Kristal Pelas - Aston Villa
08/01 00:30 Everton - Vulverhempton
08/01 00:30 Fulhem - Chelsi
08/01 00:30 Manchester Siti - Brayton
08/01 00:45 Parma - Inter
08/01 00:45 Torino - Udineze
08/01 00:45 Lasio - Fiorentina
08/01 01:15 Byornli - Man. Yunayted
08/01 01:15 Nyukasl - Lids
08/01 16:30 Avstraliya - Tailand
08/01 19:00 Iroq - Xitoy
08/01 22:30 Cremonese - Kalyari
09/01 00:45 Milan - Jenoa
09/01 01:00 Arsenal - Liverpul
09/01 19:00 Qirg‘iziston - Vyetnam
09/01 21:30 Iordaniya - Saudiya Arabistoni

Plyaj futboli: «Kogon» va «Nasaf» finalda

Plyaj futboli: «Kogon» va «Nasaf» finalda

Baho:
+ | -

Qashqadaryolik har bir muxlis, hatto katta-kichik tashkilot rahbarlari sportni, ayniqsa, futbolni chindan sevishadi. Bu yerdagi har hududda barpo etilgan sport majmualarda, o‘yingoh va maydonlarda kunda, kun ora turli darajadagi musobaqalarga, bahslarga guvoh bo‘lasiz. Respublika miqyosidagi sport va futbol tadbirlarini vaqtida, bekamu-ko‘st bajarish uyoqda tursin o‘zlari ham tinimsiz tashabbuslar bilan band bo‘lishadi.

Aytaylik bugun. Bitta futbolning o‘zida Qarshi shahrida uchta turli saviyadagi musobaqalar o‘tkazilmoqda. “Nasaf” futbol akademiyasi sun’iy maydonida o‘smirlar o‘rtasida”Voha Kubogi” Respublika turniri, “Geolog” sport majmuasida plyaj futboli bo‘yicha O‘zbekiston Kubogi, shu majmuaning bosh maydonida esa viloyat milliy xavfsizlik xizmatining futbol bo‘yicha ichki musobaqasi davom etyapti. Viloyatning shahar va tumanlarida boshqa sport turlaribo‘yicha yana qancha sport tadbirlari...

Yuqorida tilga olganimizdek, to‘rt kundirki Qarshi shahrining “Geolog” sport majmuasi hududida barpo etilgan respublikada yagona plyaj maydonida O‘zbekiston Kubogi o‘yinlari davom ettirilmoqda. Bugun musobaqaning yarim final uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.

Birinchi juftlikda Pepsi Superligadagi “Nasaf” futbol klubiga qarashli futbol akademiyasi murabbiylaridan iborat “Nasaf” jamoasi samarqandliklarga qarshi bahs olib bordi. Uchrashuvning asosiy vaqtida ham, qo‘shimcha belgilangan bo‘limda ham kuchlar teng keldi – 2:2. Penaltidan tepishda esa samarqandliklar birinchi urinishdayoq xatoga yo‘l qo‘yishdi.   Shuni ta’kidlash joizki, Samarqanddan birgina plyaj jamoasi emas, balki 13-14 yoshli bolalar guruhi ham kelgan, Qarshining shu yoshdagi qator klublari bilan o‘rtoqlik uchrashuvlari tashkillashtirishdi. Plyaj musobaqasida esa “Samarqand”ni qo‘llab-quvvatlovchilar mezbonlardan-da ko‘pchilik bo‘lishdi. “Nasaf”ni  esa muxlislaridan tashqari klub bosh menejeri Sergey Kucherenko har o‘yinda jamoa bilan birga bo‘ldi.

Yarim finlaning ikkinchi juftligi ham shiddati va keskinligi oldingisidan kam bo‘lmadi. Viloyat milliy xavfsizlik xizmati xodimlaridan iborat tuzilgan “Adolat” jamoasining ko‘pchiligini  yaqin o‘tmishda turli futbol jamoalarida o‘ynagan havaskor futbolchilar bo‘lgani uchun ham raqibiga jiddiy qarshilik ko‘rsatdi. Raqib ham anoyilardan emas, aynan plyaj futboli bo‘yicha avvalgi yettita mavsumning barida ishtirok etgan, ikki marta chempion va shuncha marotaba Kubok sohibi bo‘lgan, ayni  paytda esa futzal bo‘yicha Superligada qatnashayotgan  “Kogon” jamoasi edi. Mezbonlar uchinchi bo‘limning dastlabki daqiqalarida 3:0 hisobida oldinga chiqib olgan, o‘zlarini deyarli finalda deya his qila boshlagan soniyalarda kogonliklar tashabbusni o‘z qo‘llariga olishdi va bo‘lim yakunlanishi arafasida hisobni tenglashtirishdi. Qo‘shib berilgan uch daqiqa ichida esa yana ikkita to‘p kiritishib, finalga yo‘llanma oluvchi g‘alabani qo‘lga kiritishdi...

 

Chorak final. 19 iyul.

“Binokor” – “Nasaf” – 1:5

“Lokomotiv” – “Adolat” – 0:7

“Samarqand” – "Qarshi” – 1:1. P.b. 2:1

"Nishon" -"Kogon" - 0:3

Yarim final. 20 iyul.

"Nasaf"  "Samarqand"- 2:2. P.b. 3:2

“Adolat”  - “Kogon” – 3:3. Q.v. 3:5.

Final. 21 iyul.

“Nasaf” – “Kogon”.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 12:27, 20.07.2018.
O'qildi: 2093 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.