Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/06 01:00 Niderlandiya 2-2 Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar 1-0 Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya 5-1 Tunis
15/06 21:00 Ispaniya 0-0 Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya 1-1 Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni 1-1 Urugvay
16/06 06:00 Eron 2-2 Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal
17/06 03:00 Iroq - Norvegiya
17/06 06:00 Argentina - Jazoir
17/06 09:00 Avstriya - Iordaniya
17/06 22:00 Portugaliya - Kongo DR

Jahon chempionatida ishlagan ikki referi Superliga o‘yinlariga taklif etildi

Jahon chempionatida ishlagan ikki referi Superliga o‘yinlariga taklif etildi

Baho:
+ | -

PEPSI Superliga sekin-asta o‘zining muhim pallasiga kirib bormoqda. Yana 5 ta tur uchrashuvlari o‘tkazilgach, chempionlik uchun kurashadigan hamda ligada jon saqlab qolish uchun harakat qiladigan jamoalar saralab olinadi.

Bundan keyingi o‘yinlarning muhimlik darajasi juda yuqori ekanini inobatga olgan holda O‘zbekiston Professional Futbol Ligasi oldindagi bir qator mas’uliyatli uchrashuvlarni boshqarib borish uchun yaqindagina Rossiya yashil maydonlarida bo‘lib o‘tgan Jahon chempionati-2018 o‘yinlarida hakamlik qilgan referilarni O‘zbekistonga taklif etdi.

Unga ko‘ra, 19-tur uchrashuvlari doirasidan o‘rin olgan “Navbahor” — “Paxtakor” o‘yinini qit’amizning yetakchi referilaridan biri Navaf Shukrulla boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib boradi. Unga qanotlarda hamyurtlari Yosir Halil Ibrohim Telfat hamda Navaf Shahin Halifa yordam berishadi. Ushbu hakamlar guruhi mundialda 2 ta o‘yinda ishlaganini alohida e’tirof etish joiz. 

 

19-tur

28 iyul, shanba

“Navbahor” — “Paxtakor”

Bosh hakam: Navaf Shukrulla (Bahrayn)

Qanot hakamlari: Yosir Halil Ibrohim Telfat, Navaf Shahin Halifa (Bahrayn)

Qolaversa, 20-turning markaziy o‘yini – “Paxtakor” — “Lokomotiv” uchrashuvida Jahonning eng sara referilari qatoridan o‘rin egallayotgan eronlik Alirizo Fag‘oniy boshchiligidagi guruh ishlaydi. Unga qanotlarda hamyurtlari Muhammadrizo Mansuriy va Rizo Suhandon yordam berishadi. Mazkur brigada Jahon chempionati-2018da 4 ta uchrashuvda faoliyat olib bordi. 

20-tur

1 avgust, chorshanba

“Paxtakor” — “Lokomotiv”

Bosh hakam: Alirizo Fag‘oniy (Eron) 

Qanot hakamlari: Muhammadrizo Mansuriy, Rizo Suhandon (Eron)

Manba: www.pfl.uz
Kiritildi: 18:46, 20.07.2018.
O'qildi: 4157 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик