Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi Stanislav Cherchesov o‘z mamlakatida o‘tgan JCHda g‘olib chiqmaganidan afsuslanmoqda.
Rossiya terma jamoasi JCH-2018 1/4 finalida Xorvatiyaga yutqazib qo‘ydi (2:2, penaltilar seriyasi 3:4).
"Jahon kubogi bir dona. Uni yutib olish kerak edi", - deydi Cherchesov Kaliningrad viloyati futbol maktabi tarbiyalanuvchilari bilan uchrashuvda.