Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Didye Desham JCH-2018gacha muntazam tanqidlari uchun termadagi sobiq jamoadoshi Kristof Dyugaridan xafa bo‘ldi.
"Dyugarri o‘z so‘zlari bilan haddidan oshdi. U hatto meni Fransiya termasini garovga olganim haqida gapirdi, unda buning uchun asoslari yo‘q edi. U istagan gapini gapirishi mumkin edi, chunki uning radioshousi bor.
Biz birga ko‘p narsalarni boshdan kechirganmiz, to‘g‘risini aytsam, unga munosabatim yaxshi edi. Agar uni uchratib qolsam, u bilan salomlashmayman", - deydi Desham.
Desham va Dyugarri Fransiya terma jamoasi bilan 1998 yilda jahon chempioni bo‘lganlar.