Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/05 21:00 Bolonya 3-3 Inter
23/05 23:45 Lasio 2-1 Piza
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

O‘FAda klublar vakillari va komissarlarning qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

O‘FAda klublar vakillari va komissarlarning qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Superligasi hamda Pro-ligasi doirasidagi uchrashuvlarning yuqori darajada tashkil etilishini ta’minlash maqsadida bugun O‘zbekiston futbol assosiasiyasi majlislar zalida klublar vakillari hamda PFL tomonidan o‘yinlarga komissar sifatida tayinlanadigan mas’ullarning qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda O‘zPFL bosh direktori maslahatchisi Diyor Imomxo‘jayev, O‘FA Hakamlar va nazoratchilar boshqarmasi boshlig‘i Ma’mur Saidqosimov hamda O‘zPFL sport bo‘limi boshlig‘i Bahodir Mirzayev Superliga hamda Pro-liga doirasidagi o‘yinlarning tashkiliy jihatdan yuqori saviyada o‘tkazilishi uchun zarur talablar haqida ma’lumot berib, o‘z navbatida ayrim uchrashuvlar davomida yuzaga kelgan bir qator kamchiliklarni qanday bartaraf etish mumkinligi xususida so‘z yuritishdi. Qolaversa, klublar vakillari o‘yinning tashkiliy masalalari bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi. Xususan, uchrashuvning yuqori saviyada o‘tishi uchun mas’ul deya tayinlanadigan komissarlarning vakolatlari doirasiga kiruvchi masalalar muhokama qilindi. Klublar vakillari hamda komissarlarning uchrashuv vaqtida o‘zaro hamjihatlikda ish olib borib, Superliga hamda Pro-liga doirasidagi o‘yinlarning talab darajasida o‘tkazilishini ta’minlashlari zarurligi e’tirof etildi. 

Bir qator klublar vakillari komissarlar ishini yanada yaxshiroq yo‘lga qo‘yish va o‘yin atrofidagi tashkiliy masalalarni yanada yaxshilash bo‘yicha o‘z takliflarini bildirishdi. Yig‘ilish yakunida O‘zPFL va klublar mavsumning qolgan ikkinchi qismini ham munosib o‘tkazib, o‘yin va uning atrofidagi tadbirlarni o‘zaro hamkorlikda yuqori saviyada tashkil etish bo‘yicha kelishib olishdi.  

Manba: www.pfl.uz
Kiritildi: 16:26, 21.07.2018.
O'qildi: 2002 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик