Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Plyaj futboli: «Kogon» – O‘zbekiston Kubogi sohibi

Plyaj futboli: «Kogon» – O‘zbekiston Kubogi sohibi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Qapshi shahrida plyaj futboli bo‘yicha O‘zbekiston Kubogi musobaqasi davom etayotganligi haqida xabar bergandik. Qarshining “Geolog” sport majmuasi hududidagi, futbolning bu buri bo‘yicha rasmiy va xalqaro turnirlar o‘tkazish talabiga javob bera oladigan Respublikada yagona hisoblangan plyaj maydonida besh kun davom etgan turnir nihoyasiga yetdi.

Musobaqaning hal qiluvchi final o‘yinida maydon egalari – “Nasaf” futbol klubi qoshidagi futbol akademiyasi murabbiylari hamda mamlakatimizda 2007 va 2012 yillar oralig‘ida aynan plyaj futboli bo‘yicha o‘tkazilgan mamlakat chempionati va Kubogi o‘yinlarining doimiy ishtirokchisi, ikki karradan chempion va Kubok sohibi, bir marotabadan kumush medal egasi va Kubok finalchisi, bir so‘z bilan aytganda plyaj futboli ustalari “ Kogon” jamoasi o‘zaro kuch sinashishdi.  

Furqat Xayrullayev asos solgan, ayni paytda uning shogirdi va farzandi Fuzuliy Xayrullayev bosh murabbiylik qilayotgan, jamoaning asosiy a’zolaridan hisoblangan, Furqat akaning yana bir farzandi – Fuzuliy to‘p surayotgan “Kogon” nafaqat plyajda yetakchilik qildi, balki futzal bo‘yicha mamlakat chempionatida Pepsi Superliga vakili “Buxoro” sharafini himoya  qilayotgan, o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida Respublika miqyosida tashkil etiluvchi  turli turnirlarda goh “Kogon” nomi bilan kogonliklar, goh “Buxoro” nomi bilan butun buxoroliklar sharafini sharaf bilan himoya qilayotgan  “Kogon” jamoasi musobaqa g‘olibi bo‘ldi. Kogonliklar hal qiluvchi bahsda raqiblari darvozasini to‘rt bor nishonga olishib, o‘z darvozalaridan bitta to‘p o‘tkazib yuborishdi. 

Shu ko‘yi, “O‘zbekiston Kubogi – 2018”da “Kogon” jamoasi Kubok sohibi, “Nasaf” esa finalchi sifatida tarixga yozildi. Musobaqada shuningdek, eng yaxshilar ham aniqlandi. Unga ko‘ra,

“Eng yaxshi darvozabon” deb Asadullo Polvonov (“Nasaf”), “Eng yaxshi himoyachi” deb Jo‘rabek Ahmedov (“Kogon”), “Eng yaxshi hujumchi va to‘purar” deb esa Sohibjon Narzullayev (“Kogon”, 10 ta to‘p) topildi va tashkilotchilar tomonidan mukofotlandi.

Musobaqaning barcha ishtirokchilari mazkur turnirni tashkil etishda va o‘tkazishda bosh-qosh bo‘lgan O‘zbekiston futbol assosiasiyasiga, Professional futbol  ligasiga, Qashqadaryo viloyat futbol assosiasiyasiga hamda ma’qul sharoit yaratib bergan “Sho‘rtangazkimyo” majmuasiga va ularning rahbarlariga minnatdorliklarini bildirishdi.

Manba: www.pfl.uz
Kiritildi: 19:05, 21.07.2018.
O'qildi: 1978 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.