Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

O‘zbekiston terma jamoasining bosh murabbiysiz o‘tgan kunlari...

O‘zbekiston terma jamoasining bosh murabbiysiz o‘tgan kunlari...

Baho:
+ | -

O‘zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiysiz qolganiga 10 oy bo‘ldi.

Vaqtinchalik tayinlangan va vazifani bajaruvchi murabbiylar mehnatini kamsitmagan holda shuni aytishimiz mumkinki, termamizga haqiqiy bosh murabbiy kerak va uning oldiga Osiyo kubogi-2019da aniq vazifa qo‘yishimiz shart.

Hozircha bosh jamoamizning bosh murabbiyi yo‘q. Demak, O‘FA rahbariyati bu masalani zudlik bilan hal etishi lozim, shundaymi?

YANGI RAHBARIYATNINGHARAKATLARI

Samvel Babayan 2017 yil 7 sentyabrda iste’foga chiqqach, o‘rtada eski O‘FF, hozirgi O‘FAda ikki marta rahbariyat o‘zgardi. 2017 yil 12 sent-yabrda O‘FFda hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi va Umid Ahmadjonov yagona nomzod sifatida O‘FF prezidenti etib saylandi.

O‘FAga yangi maqsadlar bilan kelgan yosh rahbar terma jamoa bosh murabbiyi masalasida bayonot berdi: «Terma jamoaga kim murabbiy bo‘lishini yaqin 20-25 kun ichida e’lon qilamiz. U xorijlik, katta tajribaga ega mutaxassis bo‘ladi». Lekin bunday mutaxassisni topish uchun vaqt kamlik qilishi kundek ravshan edi.

O‘FF vise-prezidenti SH.Isroilov taklifi bilan oktyabr oyida «Nasaf» klubi ustozi Ro‘ziqul Berdiyev BAAga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida vaqtincha bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi bo‘ldi. O‘FFning bu qaroriga hech kim qarshilik ko‘rsatmadi. Aksincha, sport nashrlari va internet ommasi bu yosh murabbiyga ishonch bildirgani uchun O‘FFdan hatto minnatdor bo‘ldi.

14 noyabr kuni BAAning Al-Ayn shahrida mezbonlarga qarshi kechgan o‘rtoqlik o‘yinida terma jamoamiz Ali Mabhutning 16-daqiqada urgan goli tufayli mag‘lubiyatga uchradi.

2017 noyabr oyining so‘ngiga kelib, O‘FA xalqaro bo‘limi muzokaralar olib borgan bir qator nomzod murabbiylar ro‘yxati e’lon qilindi. Ular orasida Dan Petresku (Ruminiya), Slavolyub Muslin (Serbiya), Miodrag Radulovich (CHernogoriya), Anjelio Alessio (Italiya), Bernd Shtork (Germaniya), Branko Ivankovich (Xorvatiya), Slaven Bilich (Xorvatiya), Valter Massari (Italiya), Bert van Marveyk (Gollandiya) kabilar bor edi.

Bu murabbiylar orasida Serbiyani Rossiya mundialiga olib chiqqan va terma jamoadan ketishiga to‘g‘ri kelgan Slavolyub Muslin nomzodi borasida konkret ishlanmalar paydo bo‘lgandi. Muslin Serbiya milliy jamoasida yiliga 1,8 mln. yevro maosh olgani, termaning yetakchi futbolchilari bilan munosabatlari kabi faktlar ham uning variantiga soya solmayotgandi. Lekin bu nomzodlar borasidagi yakuniy qaror 2018 yil avvalida e’lon qilinishi haqida ma’lumot berildi.

Eski yilning so‘nggi kunida O‘FA prezidenti Umid Ahmadjonov quyidagicha bayonot berdi: «MTJga keladigan murabbiy o‘z terma jamoasi bilan JCHga yo‘l olgan, katta tajribaga ega mutaxassis bo‘ladi». Shundan so‘ng hamma bu yoki Keyrush yoki van Marveyk deya o‘ylay boshladi.

Keyrush nomzodi hatto ko‘proq tosh bosayotgandi. Bu orada Umid Ahmadjonov O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasining yangi prezidenti etib saylandi. O‘FF O‘zbekiston futbol assosiasiyasiga aylantirildi va unga Achilboy Ramatov yangi prezident etib saylandi.

2018 yil 27 yanvar sanasida O‘FA birinchi vise-prezidenti Eron terma jamoasi bosh murabbiyi Karlos Keyrush bilan muzokara o‘tkazayotgani ma’lum bo‘ldi. Fevral boshida esa xorijlik murabbiy bilan og‘zaki kelishuvga erishilgani aytildi. Bu ma’lumotni O‘FAning birinchi vise-prezidenti Umid Ahmadjonovning shaxsan o‘zi tasdiqladi.

2018 yil 15 fevralida O‘zbekiston terma jamoasining vaqtinchalik yangi bosh murabbiyi etib yaqinda futbolchilik faoliyatini yakunlagan, murabbiylik sohasida tajribaga ega bo‘lmagan Temur Kapadze tayinlandi.

Temurning terma jamoada eng ko‘p o‘yin o‘tkazganlardan biri ekani, uning safida 2002-2017 yillar davomida ortirgan tajribasi inobatga olindi. Shu tayinlov bilan birga terma jamoaning haqiqiy bosh murabbiyi iyul oyida tayin bo‘lishi ham keng ommaga ma’lum qilindi.

2018 yil 4 may sanasida Osiyo kubogi-2019ga qur’a tashlandi. Milliy jamoamiz «F» guruhidan joy oldi: Yaponiya, O‘ZBEKISTON, Ummon, Turkmaniston.

BOSH MURABBIY QACHON MA’LUM BO‘LADI?

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 14:26, 22.07.2018.
O'qildi: 5717 marta.
Fikrlar: 17 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.