Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

O‘zbekiston va Portugaliya Professional futbol ligalari hamkorlikda ishlaydi

O‘zbekiston va Portugaliya Professional futbol ligalari hamkorlikda ishlaydi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Professional futbol ligasi 2019 yilgi mavsum uchun talablarni kuchaytirayotgani qayd etilgandi. Ya’ni, kelasi yildan boshlab Pepsi Superliganing har bir klubi o‘z akademiyasi masalasiga jiddiy e’tibor qaratishi shart.

Bu borada tashkilot futbol akademiyalari rivojlangan mamlakatlar bilan aloqalar o‘rnatishda davom etmoqda. Yaqindagina O‘zbekiston va Portugaliya Professional futbol ligalari o‘zaro hamkorlik borasida kelishuvga erishgandi. Mazkur ish yuzasidan PFL Xalqaro aloqalar bo‘limi vakili Zohid Akramovni Portu shahriga jo‘natdi. 

Bugun — 23 iyul kuni PFL vakili avvaldan belgilangan uchrashuvga ko‘ra Portugaliya Professional futbol ligasi ijrochi direktori Sonia Karneyru hamda Yuridik masalalar bo‘yicha ijrochi direktor Jaou Martins bilan ko‘rishdi. Endilikda Portugaliya Professional futbol ligasi marketing, media, klublar bilan ishlash, translyasiya va boshqa turli masalalar bo‘yicha o‘z mutaxassislarini O‘zbekistonga yuborib, seminarlar tashkil qilish va o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashishga tayyor.

Qo‘shimchasiga, “Portu” futbol klubi akademiyasi bilan ham hamkorlik qilish bo‘yicha kelishib olindi. Dragon Force nomi bilan mashhur akademiya murabbiylari sentyabr–oktyabr oylarida O‘zbekistonga tashrif buyurib, yosh futbolchilarga “Portu” metodikasi asosida futbol sirlarini o‘rgatadi. 

Ma’lumot uchun, yaqindagina O‘FA birinchi vise-prezidenti Umid Ahmadjonovning imzosi bilan Superliga klublariga yangi shtat jadvallari taqdim etilgan bo‘lib, unda futbol akademiyasi masalasi alohida o‘rin tutgandi. 2019 yildan boshlab barcha klublar o‘z akademiyasini yo‘lga qo‘yishga e’tibor qaratadi. 

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 21:14, 23.07.2018.
O'qildi: 3750 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик