Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter 1-1 Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend 0-1 Brayton
14/03 20:00 Byornli 0-0 Bornmut
14/03 20:15 Atletiko 1-0 Xetafe
14/03 22:00 Napoli 2-1 Lechche
14/03 22:30 Chelsi 0-1 Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal 2-0 Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo 1-0 Valensiya
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona 0-2 Jenoa
15/03 18:00 Malyorka 2-1 Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest 0-0 Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted 3-1 Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas 0-0 Lids
15/03 19:00 Piza 3-1 Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo 0-1 Bolonya
15/03 19:15 Neftchi 1-0 Paxtakor
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta
16/03 00:45 Lasio - Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad - Osasuna

Ro‘ziqul Berdiyev: “Ishtiyoq evaziga g‘alabaga erishdik”

Ro‘ziqul Berdiyev: “Ishtiyoq evaziga g‘alabaga erishdik”

Baho:
+ | -

Superliga 18-turidan o‘rin olgan  “Nasaf” – “Qo‘qon-1912” uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida Ro‘ziqul Berdiyev va bugungi uchrashuvning eng yaxshi o‘yinchisi deya, e’tirof etilgan hujumchi Bobir Abduxoliqovlar ishtirok etishdi.

Ro‘ziqul Berdiyev: - Bugun natija uchun o‘ynadik, bu natija biz uchun juda muhim edi. G‘alabadan xursandmiz, g‘alaba bilan barcha muxlislarimizni ham tabriklayman. Endi o‘yinga to‘xtaladigan bo‘lsam, bugun tezkor o‘yin bo‘lmadi, ob-havoni ham ko‘rib turibsizlar, himoyada bexato harakat qildik va ko‘proq vaziyatlarga ega bo‘ldik. Tartibli va natija uchun harakat qilganimiz evaziga bugun g‘alaba qozondik. Raqibmiz juda jiddiy edi, tarkib jihatidan ham “Qo‘qon-1912” jamoasi bizdan kuchliroq edi. G‘alabaga bo‘lgan ishtiyoq kuchli edi va  bunga erishdik. Muxlislarimizni bugungi g‘alaba bilan tabriklaymiz.

Biz besh o‘yindirki, g‘alaba qozona olmayotgan edik. G‘alaba  biz uchun juda zarur edi. Ahvolni futbolchilarimiz ham tushunib turishibdi. Hamma bizdan g‘alaba kutayotgan edi. Yigitlarga rahmat, o‘zlari ham bir-birlariga ruhan dalda bo‘lishdi. Futbolchilarimizda ishtiyoq kuchli, to‘g‘ri ba’zan sovuqqonlik yetishmayapti. Ammo ishonamanki, mana shunday o‘yinlar orqali albatta mahorat ham keladi. Harakatdan va intilishdan to‘xtamasligimiz kerak. Keyingi o‘yinga ham tayyorlikni bugun kiyinish xonasidan boshladik. Bizni yana jiddiy o‘yin kutib turibdi. Bo‘lajak o‘yinga ham puxta tayyorlanamiz va g‘alaba uchun maydonga tushamiz.

Amirjon Safarov haqida? Safarov ham sekin asta o‘yinlarimizga kirishib  borayapti, unga keyingi o‘yinlarda ham ishonishda davom etamiz. Biz hamma o‘yinchilarimizga ishonch bildiramiz. Ya’ni maydonga tushishga imkon beramiz. Safarovning bugungi o‘yini yaxshi chiqdi. Bunga o‘zlaringiz ham guvox bo‘ldilaringiz.

Azizjon G‘aniyevni maydonga tushirmayotganimizga asosiy sabab, uni jarohatini yangilab olishidan xavotirdamiz. U nafaqat jamoamizga balki terma jamoamizga ham kerak, oldimizda terma jamoamizni Osiyo o‘yinlari kutib turibdi. Nasib etsa, G‘aniyevning yordami hali bizga ko‘p asqotadi.

Bobir Abduxoliqov: - Bugungi o‘yinga astoydil tayyorgarlik ko‘rgan edik, murabbiylarimizni o‘yinga tuzgan rejalarini to‘liq bajarishga harakat qildik. Jamoadoshlarimlarning barchasiga rahmat aytaman, biz bir oila a’zolari sifatida harakat qildik. Hattoki, bugungi o‘yinda maydonga tushmagan jamoadoshlarimning ham g‘alabada hisslari bor. Haqli va zarur g‘alabaga erishdik, bundan hammamiz xursandmiz. Bizni qo‘llab-quvvatlagan aziz muxlislarimizga kattadan-katta tashakkur bildiraman. Biz bugungi g‘alabani ularga bag‘ishladik!

Manba: www.kokand-1912.uz
Kiritildi: 00:34, 24.07.2018.
O'qildi: 2514 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.