Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Osiyo gvardiyachilari – 2018

Osiyo gvardiyachilari – 2018

Baho:
+ | -

Yoz faslida katta musobaqa o‘tkazilgan yili milliy terma jamoalarda eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchilar statistikasiga birrov nazar solish foydadan xoli emas. Bu qiziqarli ham, albatta.

Chunonchi, OFK tarkibidagi yetakchi jamoalar azaldan futbolda suyagi qotgan katta tajriba sohiblariga tayanib ish ko‘rishda alohida ajralib turgan. Kechagina poyoniga yetgan 21-jahon chempionati ham bu fikrimizni yaqqol tasdiqlaydi.

Misol uchun, tinib-tinchimas «sokkeruz» - Tim Keyxill 26 iyun kuni guruh bosqichi 3-turidan o‘rin olgan Peru termaga qarshi o‘yinda zaxiradan maydonga tushdi. Bu boshi bilan ne-ne ajib gollar urgan faxriy futbolchi uchun Avstraliya milliy jamoasi tarkibidagi 107-o‘yin bo‘ldi.

Lekin uning «sokkeruzlar»ning mutlaq rekordchisi - darvozabon Mark Shvarser natijasini takrorlashi uchun yana 2ta o‘yin kerak. Umuman, joriy yil davomida Badr al Mutva (Quvayt) va Jeng Ji (Xitoy) kabi faxriylarning ma’lum tanaffusdan keyin yana milliy jamoalari safiga qaytishgani o‘ziga xos voqelik bo‘ldi.

Shular ta’sirida an’anamizga sodiq qolgan holda, OFK tarkibidagi terma jamoalar gvardiyachilari va ularning faoliyatiga bog‘liq o‘ziga xos qirralarga yana bir marta to‘xtalib o‘tishni lozim topdik.

Faqat bu safar ayni payt o‘z mamlakatlari bosh jamoasiga chinakam naf keltirayotgan futbolchilar haqida gaplashamiz.

*** Avstraliya futboli faxri Tim Keyxill (milliy jamoada 107ta o‘yin, 50ta gol) 1979 yilning 6 dekabr kuni tavallud topgan. So‘nggi mavsumda professional faoliyatidagi ilk jamoasi - «Milluoll» safida o‘ynadi. Keyxill - Avstraliya terma jamoasining jahon chempionati va Osiyo kubogidagi birinchi tarixiy gollari muallifi.

U «sokkeruzlar» bilan jami 11ta yirik xalqaro musobaqa (jumladan, 4ta jahon chempionati va 2ta Konfederasiyalar kubogi)da ishtirok etgan. Tim bu borada «yashil qit’a»ning mutlaq rekordchisi sanaladi.

*** Xitoylik Jeng Ji (milliy jamoada 100ta o‘yin, 15ta gol) yaqin orada 38 yoshga to‘ladi. Faxriy futbolchi 2010 yildan buyon mamlakat futboli grandi - «Guanjou Ever-grand» klubi sharafini himoya qilmoqda.

Xitoy milliy jamoasidagi gollari hisobini 2004 yilning 29 yanvar kuni Makedoniya termasiga qarshi kechgan o‘rtoqlik bahsi (1:0)da nishonlagandi. Biroq 2014 yilning kuzidan buyon mamlakat bosh jamoasi o‘yinlarida gol quvonchini tuygani yo‘q. To‘g‘ri, Jeng Ji oxirgi 3 yil davomida terma jamoaning atigi 8ta o‘yinida ishtirok etdi, xolos..

*** Janubiy Koreya termasi sardori Ki Sun Yong (milliy jamoada 104ta o‘yin, 10ta gol) o‘yinlar soni bo‘yicha 100lik marrasini bosib o‘tganida, hali 30 yoshga ham to‘lmagandi.

Vaholanki, u mamlakat bosh jamoasiga ilk marta 2008 yili, JCH-2010 saralash dovonida jalb etilgandi. Mana, Ki Sun shu orada 3ta jahon chempionati final raundida qatnashdi. Qolaversa, koreyslar bilan 2 marta yozgi Olimpiadaga ham bordi.

*** Yaqinda Turkiyaning «Galatasaroy» klubi bilan to‘laqonli shartnoma tuzgan yaponiyalik himoyachi Yuto Nagatomo (milliy jamoada 109ta o‘yin, 3ta gol) 1986 yilning 12 sentyabr kuni tug‘ilgan.

2008 yili Pekin Olimpiadasidan biroz oldin «samuraylar» safiga kirgandi. Yuto hozirga qadar Yaponiya terma jamoasi bilan 7ta yirik xalqaro turnirda qatnashdi. E’tiborli tomoni, u barcha musobaqalarda 5-raqamli formada to‘p surdi. Eng katta yutug‘i - bu Osiyo kubogi-2011dagi chempionlik.

*** Saudiya Arabistoni futbolida barchaning hurmatini qozongan Osama Abdulrazzoq Havsaviy (milliy jamoada 138ta o‘yin, 7ta gol) 1984 yilning 31 mart kuni Makka shahrida dunyoga kelgan. 2006 yildan milliy jamoa a’zosi. 2008 yilning 2 iyun kuni Livan termasi darvozasini nishonga olib, xalqoro miqyosdagi gollari hisobini ochgandi.

Diqqatga sazovor fakt shuki...

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 08:34, 24.07.2018.
O'qildi: 5286 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.