“Real” darvozabon Keylor Navasga yangi shartnoma taklif qilmoqchi.
Bu haqda, AS nashri xabar tarqatdi. Manbaning ma’lum qilishicha, “qaymoqranglilar” bosh murabbiyi Xulen Lopetegi Navasni jismoniy holatidan mamnun.
Shuning uchun, kosta-rikalik darvozabon bilan yangi shartnoma imzolashni rahbariyatga tavsiya qildi.
Ma’lumot uchun, Navasning “Real” bilan amaldagi shartnomasi 2020 yil nihoyasiga yetadi.