Xabaringiz bor, kuni kecha poytaxtimizda o‘tkazilayotgan “CAFA U-15 championship” musobaqasida ishtirok etayotgan Tojikiston terma jamoasi murabbiyi bilan suhbat o‘tkazgan edik.
Ushbu an’anani davom ettirgan holda, “CAFA U-15 championship” musobaqasining 3-turi nihoyasiga yetgach, Afg‘oniston terma jamoasi bosh murabbiyi Vohidulloh Vohidiyning fikrlari bilan qiziqdik.
- CAFA musobaqasining mintaqadagi futbolning rivojlanishidagi ahamiyati qanday deb hisoblaysiz?
- Avvalambor, musobaqaning o‘ziga to‘xtalib o‘tsam. Bu turnir faqatgina bir-birimiz bilan futbol o‘ynash emas, balki yangi do‘stlar orttirish uchun ham yaxshi imkoniyatdir. Xabaringiz bor, musobaqada qatnashayotgan barcha jamoalar bitta mehmonxonadan joy olganmiz. Maydondagi raqiblar bilan mehmonxona oshxonasida birga ovqatlanamiz, turli mavzuda suhbatlar quramiz, o‘yinlar haqida fikr alishamiz. Bu turnir bizga taqdim qilayotgan ajoyib tuyg‘udir. Tashkiliy masalalar bo‘yicha ham faqat ijobiy fikrlar aytishim mumkin. Barcha sharoitlar ishtirokchilar uchun a’lo darajada tashkil qilingan.
Endi savolingizga javob berib o‘taman. Bu musobaqaning markaziy Osiyo futboli rivoji uchun ahamiyati juda katta deb hisoblayman. 6ta ishtirokchi jamoalar o‘zaro o‘yinlar orqali jamoamizning kamchiliklarini o‘rganyapmiz, yutuqlarimizni ko‘zdan kechiryapmiz. Mashg‘ulotlar jarayonida nimalarga e’tiborni kuchaytirish kerakligini aniqlab olyapmiz. Yana bir muhim jihat ham borki, unga to‘xtalib o‘tmasdan iloj yo‘q. Turnir davomida har bir jamoa murabbiylari yangi iqtidorlarni kashf qilmoqda. Xohlardimki, bunday turnirlar muntazam tashkil qilib borilsa.
- Bu yoshdagi futbolchilar uchun natija muhim deb o‘ylaysizmi yoki o‘yin amaliyoti va tajribami?
- Bu turnirda bizning oldimizga qo‘yilgan asosiy vazifa bu o‘yin amaliyoti orqali tajriba oshirishdir. Ushbu musobaqada orttirilgan tajriba orqali futbolchilarimiz kattaroq yoshdagi terma jamoa bilan ishtirok etadigan musobaqalarda o‘zining ijobiy natijasini ko‘rsatishiga ishonaman. Albatta har bir jamoa singari biz ham chempion bo‘lishni, yurtimizga yorug‘ yuz bilan borishni istaymiz. Lekin bu bizning oldimizga qo‘yilgan qat’iy talab emas.
- Raqib jamoalar haqida fikrlaringiz bilan ham o‘rtoqlashsangiz.
- Musobaqada ishtirok etayotgan har bir jamoa bu bir alohida o‘ziga xoslik deganidir. Raqiblarni kuchli-kuchsizga ajratsangiz bu jamoangizning zarariga ishlab qolishi mumkin. Shu sababli ham qaysidir jamoani alohida ajratib ko‘rsatishni istamayman.
- Hozir O‘zbekistonda issiq havo harorati hukm surmoqda. Bunday sharoitda o‘ynash bolalarga qiyinchilik tug‘dirmayaptimi?
- Afg‘onistonda futbolchilarim bilan haftasiga 3 marotaba 4 yarim soatdan mashg‘ulotlar olib boramiz. Qolgan paytda bolalar maktabga borishadi, o‘zlarining shaxsiy ishlari bilan shug‘ullanishadi. Hozir esa musobaqada har kuni mashg‘ulot o‘tkazmoqdamiz hamda har 2 kunda maydonga tushyapmiz. Bunga qo‘shimcha yana o‘ta issiq havo sharoiti. Bu o‘zining ta’sirini ko‘rsatmay qolmayapti va bir qator o‘ylagan rejalarimizni o‘yin davomida amalga oshira olmayapmiz.
- Markaziy Osiyo futbol assosiasiyasi tashkil qilayotgan musobalar bo‘yicha yana qanday ishlarni amalga oshirish zarur deb hisoblaysiz?
- Hozir har 2 kunda maydonga tushishga majbur bo‘lyapmiz. Tashkilotchilardan keyingi musobaqalarda davomida ushbu sxemani o‘zgartirib, 2 kun dam, uchinchi kuni esa o‘yin o‘tkazilishini so‘ragan bo‘lardim. Hozir o‘yindan so‘ng tiklanish uchun vaqt yetishmovchiligi yuzaga kelmoqda. Yana bir taklifim, musobaqa reglamentiga o‘zgartirish kiritib, ishtirokchi futbolchilar sonini 18 tadan 23 taga oshirilishini so‘ragan bo‘lardim.
-Suhbat uchun tashakkur!
Ronaldu: "Portugaliya, rahmat" [5421]
JCH-2026 saralash. Qatar - O‘zbekiston. Tarkiblar aniq [5255]
Ramos yangi klubga o‘tishga yaqin turibdi [4375]
JCH-2026 saralash. Qatar - O‘zbekiston - 3:2. O‘yin statistikasi [3640]
Endrik «Real»dan Ronaldoning klubiga o‘tishi mumkin [3595]
"Barselona" yirik hujumchi variantini ko‘rib chiqmoqda [3456]
Globe Soccer Awards: yilning eng yaxshi futbolchisi sovrini uchun nomzodlar e’lon qildi [3299]
FIFA futbolga yangi texnologiya olib kirmoqchi [2664]
Anchelottining davomchisi ma’lum bo‘ldi [2652]
O‘zbekiston mehmonda Qatarga alamli tarzda mag‘lub bo‘ldi [2573]