Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol

Osiyo o‘yinlarida qatnashuvchi O‘zbekiston OTM tarkibi nega o‘chirib tashlanganiga izoh berildi

Osiyo o‘yinlarida qatnashuvchi O‘zbekiston OTM tarkibi nega o‘chirib tashlanganiga izoh berildi

Baho:
+ | -

26 iyul kuni O‘zbekiston futbol assosiasiyasi Osiyo o‘yinlarida qatnashadigan O‘zbekiston terma jamoasining yakuniy tarkibini e’lon qilgan edi. Biroq, oradan 1 kun o‘tgach, 27 iyul kuni O‘FA sayti bu xabarni o‘chirib tashladi va terma jamoa yakuniy tarkibi so‘nggi yig‘indan keyin «alohida e’lon qilinishi» haqida yozdi.

Osiyo o‘yinlari oldidan Milliy olimpiya qo‘mitasida tashkil etilgan matbuot anjumanida Matbuot va media departamenti direktori Zafar Imomxo‘jayev bu masalaga oydinlik kiritdi.

«O‘FA tarkibni yanada kuchaytirish maqsadida legioner futbolchilarni ham jalb qilmoqchi. Jumladan – Doston Hamdamov, Otabek Shukurov... Tarkib e’lon qilinishi shu sababdan kechiktirildi. Vyetnamda yakunlovchi turnir bor. O‘sha turnirdan so‘ng yakuniy ro‘yxatni taqdim etamiz, deyishgan.

Akkreditasiya masalasida ham tashkiliy qo‘mita bilan ishlayapmiz. Futbolchilarning klublari bilan ham kelishuvga erishilishi kerak. Chunki FIFA kunlariga to‘g‘ri kelmaydi. Klublar rozilik bergan taqdirda bitta yoki ikkita o‘zgarish bo‘lishi mumkin. Lekin tarkibning 95 foizi aniq bo‘lib ulgurgan», - dedi Imomxo‘jayev.

Manba: www.tribuna.uz
Kiritildi: 16:33, 28.07.2018.
O'qildi: 3318 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик