Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 23:45 Torino 2-1 Sassuolo
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul - Chelsi
09/05 17:00 Elche - Alaves
09/05 18:00 Kalyari - Udineze
09/05 19:00 Fulhem - Bornmut
09/05 19:00 Brayton - Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend - Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya - Espanyol
09/05 21:00 Lasio - Inter
09/05 21:30 Manchester Siti - Brentford
09/05 21:30 Atletiko - Selta
09/05 23:45 Lechche - Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad - Betis
10/05 15:30 Verona - Komo
10/05 17:00 Malyorka - Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli - Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest - Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas - Everton
10/05 18:00 Cremonese - Piza
10/05 18:00 Fiorentina - Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao - Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem - Arsenal
10/05 21:00 Parma - Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid

Otabek G‘ulomxo‘jayev O‘zbekiston U-17 terma jamoasiga nomzod futbolchilar o‘yinlarini kuzatmoqda

Otabek G‘ulomxo‘jayev O‘zbekiston U-17 terma jamoasiga nomzod futbolchilar o‘yinlarini kuzatmoqda

Baho:
+ | -
Oldin xabar berilganidek, Otabek G‘ulomxo‘jayev O‘zbekiston U-17 terma jamoasiga mas’ul etib tayinlandi.     Endilikda ushbu mutaxassis O‘zbekiston U-17 terma jamoasi uchun javob beradi. Uning boshqaruvida jamoa yil oxiriga qadar o‘tkaziladigan xalqaro turnirlarda ishtirok etadi.     Ayni paytda Otabek G‘ulomxo‘jayev O‘zbekiston U-17 terma jamoasi tarkibini shakllantirish uchun nomzod futbolchilarni kuzatish ishlarini boshlab yubordi. Otabek G‘ulomxo‘jayev 150 nafardan ziyod iqtidorli futbolchilar ro‘yxatini hamda yil yakuniga qadar bo‘lgan ish rejasini O‘FAga taqdim etdi.    Murabbiy allaqachon nomzod futbolchilar o‘yinlarini kuzatishni boshlab yubordi. Ayni paytda O‘zbekiston U-18 chempionatida tanaffus yuzaga kelganidan foydalanib, O‘zbekiston U-17 terma jamoasiga nomzod futbolchilar jamoalari o‘rtasida o‘rtoqlik o‘yinlari tashkil etib berilmoqda.      Xususan, 25 iyulda “Paxtakor” va “Bunyodkor”ning mazkur yosh toifasidagi tarbiyalanuvchilari o‘rtasida o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazildi. G‘ulomxo‘jayev boshchiligidagi murabbiylar shtabi terma jamoaga nomzod futbolchilar harakatlarini kuzatishdi. So‘ngra terma jamoa murabbiylari Farg‘ona vodiysiga yo‘l oldi va 26 iyul kuni “Qo‘qon-1912” – “Neftchi”, so‘ngra 27 iyulda “Navbahor” – “Andijon” jamoalarining 18 yoshga qadar bo‘lgan yosh futbolchilari o‘rtasidagi o‘rtoqlik o‘yinlarida tarkibi yangi shakllantiriladigan O‘zbekiston U-17 terma jamoasiga nomzod o‘yinchilarning harakatlarini kuzatishdi. Bugun esa Toshkentda “Bunyodkor” va “Lokomotiv” jamoalarining mazkur yosh toifasidagi jamoalari o‘rtasida ham o‘yin tashkil etiladi.    “O‘FA bizga yangi terma jamoa tarkibini shakllantirish uchun barcha sharoitlarni yaratib bermoqda. Ayni paytda U-18 chempionatimizda tanaffus yuzaga kelgan. Bundan unumli foydalanib jamoalarning 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilari ishtirokida o‘rtoqlik o‘yinlari tashkil etib berilmoqda. Mana Toshkentda va Farg‘ona vodiysidagi jamoalarning yosh futbolchilari o‘yinlarini kuzatib, terma jamoaga nomzod o‘yinchilar harakatlarini baholab qaytish imkoniga ega bo‘ldik. Endi avgust oyining dastlabki haftasida Buxoro, Qarshi shaharlarida ham mana shunday o‘yinlar bo‘lib o‘tadi. Guvohi bo‘lyapmizki, hududlarimizda iqtidorli yigitlar juda ko‘p. Farg‘onada bir qator katta potensialga ega o‘yinchilarni kuzatdik. Ana endi Vohada ham terma jamoada o‘ynashi mumkin bo‘lgan yigitlar o‘yinlarini kuzatamiz. Yakunda barcha iqtidorlar ichidan eng munosiblarini tanlab, terma jamoa asosini shakllantiramiz”, - dedi G‘ulomxo‘jayev.    Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston U-17 terma jamoasi kelasi yil U-18 termasi sifatida yoshlar o‘rtasidagi Osiyo Chempionatining saralash turnirida ishtirok etadi. Oldinda shuningdek, 2020 yil U-19 Osiyo Chempionatining final bosqichi, 2021 yilda esa yoshlar o‘rtasidagi U-20 Jahon Chempionati kabi nufuzli musobaqalar mavjud. Mazkur turnirlarga munosib hozirlik ko‘rish maqsadida yil so‘nggiga qadar Otabek G‘ulomxo‘jayev jamoasi kamida 1 ta xalqaro turnirda ishtirok etadi. Qolaversa, muntazam ravishda nomzod futbolchilar ishtirokidagi o‘yinlar kuzatib, tahlil etib boriladi.
Manba: www.ufa.uz
Kiritildi: 16:38, 28.07.2018.
O'qildi: 2147 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик