Madridning “Real” klubi “Yuventus”ga o‘tib ketgan Krishtianu Ronaldu o‘rniga munosib nomzod topdi. Bu haqda “Soccer” nashri xabar berdi.
Ma’lumotga ko‘ra, “qirollik klubi” rahbarlari yozgi transfer mavsumi yakunlanishiga qadar “Inter” klubi hujumchisi Mauro Ikardini sotib olishga bor kuchlari bilan harakat qilishadi.
Eslatib o‘tamiz, Ronaldu “Yuventus”ga 112 million yevro evaziga o‘tdi.