Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:00 Loryan 5-0 Klermon
20/05 00:00 Monako 4-0 Nant
20/05 00:00 Lill 2-2 Nissa
20/05 00:00 Lion 2-1 Strasbur
20/05 00:00 Reyms 2-1 Renn
20/05 00:00 Lans 2-2 Monpelye
20/05 00:00 Tuluza 0-3 Brest
20/05 00:00 Gavr 1-2 Marsel
20/05 00:00 Mets 0-2 PSJ
20/05 19:00 Dinamo 1-1 Paxtakor
20/05 19:00 Surxon 0-1 Nasaf
20/05 21:30 Salernitana 1-2 Verona
20/05 23:45 Bolonya 3-3 Yuventus

Server Jeparov: «Eronning o‘zidan uchta taklif bor edi, lekin…»

Server Jeparov: «Eronning o‘zidan uchta taklif bor edi, lekin…»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston milliy terma jamoasining sobiq sardori Server Jeparov faoliyatini Qozog‘iston chempionatida davom ettiradi.

Osiyoning ikki karra eng yaxshi futbolchisi, 35 yoshli Jeparov Toldiqo‘rg‘onning «Jetisu» klubi ixtiyoriga yetib bordi va o‘zining yangi klubi bilan shartnoma imzoladi. «Jetisu» Qozog‘is­ton Premyer-ligasida 20ta o‘yinda 25 ochko to‘plab, 12ta klub orasida 6-o‘rinni egallab turibdi.

Toldiqo‘rg‘onliklar 29 iyul kuni o‘tkazilgan tur o‘yinini safarda o‘tkazishlariga qaramay, sovrinli o‘rinlar uchun kurashayotgan «Ordabasi» (2:1) klubini mag‘lubiyatga uchratishdi.Kuklis va Malakyanning gollariga 67-daqiqada Diakate birgina aniq zarba bilan javob qaytardi.

Server yangi jamoasi safiga kechroq borib qo‘shilgani bois, «Ordabasi»ga qarshi bahsda maydonga tushmadi. Xabaringiz bor, Jeparov o‘tgan mavsumda Eronning «Istiqlol» klubi sharafini himoya qilgandi. Eron matbuoti Jeparovning ketishiga shunday munosabat bildirdi:

«Istiqlol» o‘zbekistonlik 35 yoshli yarim himoyachi bilan shartnomani uzaytirmadi. Natijada, Server Jeparov Qozog‘iston klubiga ko‘chib o‘tdi. «Istiqlol»ga Jeparov kelgach, jamoa ancha o‘zgargandi. Endi esa qiynalishi mumkin, chunki OCHLda Jeparov va hujumchi Mame Baba Tiamsiz qolgan jamoaga oson bo‘lmaydi».

Eslatib o‘tamiz, «Istiqlol» OCHL chorak finalida Qatarning «Al-Sadd» klubiga qarshi bahs olib boradi. Biz «Ordabasi»ga qarshi kechgan uchrashuvdan so‘ng, Server bilan bog‘lanib, undan intervyu oldik.

- Server, bugungi o‘yin haqida suhbatlashishdan avval Eron klubini tark etishingiz sabablari haqida so‘ramoqchi edim. OCHLda kurashni davom ettirayotgan jamoani mavsum o‘rtasida tark etish alamli bo‘lsa kerak?

- Transferlar, keldi-ketdilar futbolning ajralmas bo‘lagi hisoblanadi. Bundan hech kim xafa bo‘lmasligi kerak. Har bir futbolchining o‘z maqsad va rejalari bo‘lganidek, klublarda ham xuddi shunday istak bor. Shu boisdan ham «Istiqlol» klubi bilan yaxshi kayfiyatda xayrlashdik.

Ha, siz aytgandek, jamoa bilan OCHLning chorak finaliga qadar bo‘lgan katta va mashaqqatli yo‘lni bosib o‘tgandik. Bu yo‘l hali yakunlangani yo‘q, jamoa manzil tomon odimlashda davom etadi. Faqat bu kemadan men va yana bir-ikki jamoadoshlarim tushib qoldik.

Bundan fojea yasamayman. Tehrondan ketishimdan oldin barcha jamoadoshlarimga OCHLning «pley-off» bosqich uchrashuvlarida omad yor bo‘lishini tiladim.

- «Istiqlol» bilan shartnomangiz yakunlanganmi?

- Xuddi shunday. Jamoa bilan amaldagi shartnomam yakunlangani bois, klubni tark etdim.

- Eronda qolishni istamadingizmi? «Istiqlol»dan tashqari, boshqa mahalliy klublardan takliflar bo‘lmadimi?

- Eronning bir emas, uchta klubidan aniq takliflar bo‘ldi. Lekin ularni ko‘rib chiqishni istamadim.

- Nima sababdan? Taklif qilingan shartlar ma’qul kelmadimi?

- Yo‘q, unday emas. Shunchaki, Eronda uzoq vaqt qolishni o‘zim istamadim.

- «Istiqlol»da o‘tkazgan mavsumingizdan ko‘nglingiz to‘ldimi?

- Shaxsiy fikrimni bildiradigan bo‘lsam, mavsum men va jamoam uchun omadli o‘tdi. Eron chempionatida uchinchi o‘rinni egallab, bronza medallarini qo‘lga kiritdik. Eng muhimi, mamlakat kubogi sohibiga aylandik.

OCHLda chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdik. Bu ham aytishga arzigulik yutuq. Ozmi-ko‘pmi gollar kiritdim, jamoadoshlarimni golli uzatmalar bilan ta’minlab turdim.

- Jamoaning sizdan qarzi yo‘qmi? Hisob-kitob ishlari to‘liq amalga oshirildimi?

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 08:55, 01.08.2018.
O'qildi: 4889 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.