Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

O‘zbekiston OTJ Vyetnamdagi xalqaro musobaqada ishtirok etadi

O‘zbekiston OTJ Vyetnamdagi xalqaro musobaqada ishtirok etadi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi terma jamoalarga bo‘lajak katta musobaqalarga tayyorgarlik ko‘rish uchun shart-sharoitlar yaratishda davom etadi. Bugun asosan 1997 yil va undan keyin tug‘ilgan futbolchilardan tashkil topgan O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Vyetnamda tashkil etilayotgan xalqaro musobaqaga jo‘nab ketmoqda.

Ravshan Xaydarov boshchiligidagi olimpiya terma jamoasi Indoneziyada bo‘ladigan Osiyo o‘yinlarida ishtirok etishi sababli Vyetnamdagi musobaqaga terma jamoamizni katta murabbiy Sunnatilla Abdurasulov olib boradi. 2020 yilda Tokioda o‘tkaziladigan Olimpiada o‘yinlarining saralash bosqichida ishtirok etadigan jamoaga ushbu ikki terma jamoadan nomzodlar tanlab olinadi.

30-31 iyul kunlari Toshkent shahrida yig‘in o‘tkazgan terma jamoamizga Vyetnam shahridagi xalqaro musobaqada Vyetnam, Ummon va Falastin olimpiya terma jamoalari raqiblik qilishadi. Musobaqa 3 avgustdan 8 avgustgacha davom etib, unda jamoamiz 3 ta o‘yinda maydonga tushadi. Musobaqa taqvimiga ko‘ra terma jamoamiz o‘tkazadigan o‘yinlar jadvali:

3 avgust
Soat 14:30 O‘zbekiston – Ummon

5 avgust
Soat 14:30 O‘zbekiston – Falastin

7 avgust
Soat 17:30 Vyetnam – O‘zbekiston

Izoh: Uchrashuvlar boshlanishi Toshkent vaqti bilan ko‘rsatilgan.

Vyetnamga yo‘l olayotgan Olimpiya terma jamoamiz tarkibi bilan quyida tanishishingiz mumkin:

Darvozabonlar:
Hamrayev Dilshod “Navbahor”
Karimov Sarvar “Qo‘kon-1912”

Himoyachilar:
Alijonov Ilhom “Nasaf”
Abdullayev Ibrohim “Surxon”
Ismailov Ergash “Buxoro”
Hoshimov Doniyor “Metallurg”
Nasrullayev Sherzod “Nasaf”
Rustamov Oybek “Qo‘kon-1912”

Yarim himoyachilar:
Ismoilov Abrorbek “Neftchi”
Qodirqulov Sanjar “Bunyodkor”
Azimov Sardor “So‘g‘diyona”
Nurulloyev Suhrob “Metallurg”
Ahmadov Jahongir “Paxtakor”
To‘xtasinov Nurillo “So‘g‘diyona”
Ikromov Farruh “Bunyodkor”
Abdullayev Abdulla “Bunyodkor”
Yo‘ldoshev Ibrohim “Metallurg”
Qahramonov Javohir “Buxoro”

Hujumchilar:
Xolto‘rayev Jasur “Sho‘rtan”
To‘rayev Akobir “Buxoro”

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 15:44, 01.08.2018.
O'qildi: 2908 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.