Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter 1-1 Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend 0-1 Brayton
14/03 20:00 Byornli 0-0 Bornmut
14/03 20:15 Atletiko 1-0 Xetafe
14/03 22:00 Napoli 2-1 Lechche
14/03 22:30 Chelsi 0-1 Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal 2-0 Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo 1-0 Valensiya
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona 0-2 Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 19:15 Neftchi 1-0 Paxtakor
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta
16/03 00:45 Lasio - Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad - Osasuna

Superliga. «Bunyodkor» ketma-ket ikkinchi marta yutqazdi

Superliga. «Bunyodkor» ketma-ket ikkinchi marta yutqazdi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Superligasi 20-tur doirasidagi “Bunyodkor” – “Qo‘qon-1912” uchrashuvi yakunlandi. Toshkentdagi “Milliy” stadionida kechgan uchrashuvida mexmonlar 1:3 hisobida g‘alaba qozondi.

Uchrashuvning 15-daqiqasida hisob ochildi. Javohir Sidiqovning ajoyib to‘p uzatishidan keyin Jasur Hakimov mezbonlar darvozasini ishg‘ol etdi. 20-daqiqada mexmonlar ikkinchi golni kiritshlari mumkin edi. Ammo Jasur Hakimovning zarbasi biroz kuchsiz chiqqani bois Zuxurov to‘pni ushlab oldi. 

27-daqiqada “Qo‘qon-1912” a’zolari burchak zarbasidan keyin kutilmaganda kombinasiya ijro etishdi va G‘iyos Komilov ikkinchi bor raqib darvozasini ishg‘ol etdi.

Birinchi bo‘limning qolgan daqiqalarda jamoalar ancha hujumkor o‘yin ko‘rsatishdi. Biroq tanaffusga jamoalar shu hisobda chiqib ketishdi. Buning ustiga taym oxiriga kelib, mezbonlar bir kishi kam bo‘lib qolishdi. Besh daqiqa ichida ikki marta sariq kartochka olgan Akrom Komilov jamoadoshlarini qiyin ahvolda qoldirdi. Ikkinchi qo‘pollikdan keyin Komilovga qizil kartochka ko‘rsatildi va u maydonni tark etdi.

Ikkinchi bo‘limni “Qo‘qon-1912” jamoasi faollik bilan boshlashdi. Taym boshida Jasur Hakimov hisobni yirik ko‘rinishga olib kelishi mumkin edi. Ammo uning zarbasiga aniqlik yetishmadi.

64-daqiqada mezbonlar hujumini O‘tkir Yusupov qo‘pollik bilan to‘xtatib qolgani bois, darvozamizga penalti belgiladi. Penaltini esa Ibrohimov aniq amalga oshirdi va hisobni qisqartirdi.

Gol o‘tkazib yuborgach,  mexmonlar katta kuch bilan oldinga tashlanishdi. 74-daqiqada mexmonlar uchinchi to‘pni kiritishdi. Javohir Sidiqovning zarbasidan keyin to‘p raqibga tekkan holda darvozadan o‘rin oldi.

Pepsi Superliga

20-tur

“Bunyodkor” – “Qo‘qon-1912” – 1:3

Gollar: Javlon Ibrohimov – 64 (pen). -  Jasur Hakimov – 15, G‘iyos Komilov – 27, Javohir Sidiqov – 74.

 “Bunyodkor”: 25. Murod Zuxurov, 2. Rustam Ashrmatov, 4. Akrom Komilov, 5. Dilshod Jo‘rayev, 7. Dilshod Ahmadaliyev, 8. Javlon Ibrohimov, 9. Shahzod Nurmatov (99. Filip Rayevas-76), 11. Murod Toshmatov (16. Jasur Jalolidlinov – 83), 18. Sardor Sobirxo‘jayev, 30. Xurshid G‘iyosov, 44. Mirjamol Qosimov (77. Aziz Haydarov - 46). 

 “Qo‘qon-1912”: 1. O‘tkir Yusupov, 5. G‘iyos Komilov, 10. Javohir Sidiqov, 17. Quvondiq Ro‘ziyev, 19. Suhrob Berdiyev (78. Bexruz Sadilloyev-78), 22. Murod Xolmuhammedov, 23. Aleksandr Merzlyakov, 55. Darko Gojkovich (4. Bahodir Akramov-64), 65. Marko Milich, 70. Jasur Hakimov (9. Nosir Otaqo‘ziyev-66), 79. Iqbol Malikjonov.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 23:12, 02.08.2018.
O'qildi: 3057 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.