Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor 1-2 Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona 0-2 Nasaf
06/03 19:30 Xorazm 1-0 OKMK
07/03 00:45 Napoli 2-1 Torino
07/03 01:00 Selta 1-2 Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad
08/03 00:45 Yuventus - Piza
08/03 01:00 Atletik Bilbao - Barselona
08/03 16:30 Lechche - Cremonese
08/03 18:00 Vilyarreal - Elche
08/03 19:00 Bolonya - Verona
08/03 19:00 Fiorentina - Parma
08/03 20:15 Xetafe - Betis
08/03 22:00 Jenoa - Roma
08/03 22:30 Sevilya - Rayo Valyekano

Ektor Kuper o‘zbek futboli bilan yaqindan tanishishni boshladi

Ektor Kuper o‘zbek futboli bilan yaqindan tanishishni boshladi

Baho:
+ | -
Kecha Milliy olimpiya qo‘mitasining anjumanlar zalida O‘zbekiston milliy terma jamoasining yangi bosh murabbiyi Ektor Kuper bilan matbuot anjumani tashkil qilinganidan futbol muxlislarining xabarlari bor. Matbuot anjumani nihoyasiga yetishi bilanoq Ektor Kuper o‘zbek futboli bilan yaqindan tanishishni boshlab yubordi.

Ektor Kuperning dastlabki tashrifi “Bunyodkor” futbol akademiyasiga uyushtirildi. U yerda mutaxassis futbolchilarga yaratilgan shart-sharoitlar, mashg‘ulot zallari, futbol maydonlari, bolalar istiqomat qiladigan yotoqxonalar bilan tanishdi. Ijobiy taraflari va kamchiliklar haqida o‘z fikr va maslahatlarini berib o‘tdi.

Shundan so‘ng Ektor Kuper  “Milliy” stadioniga tashrif buyurdi. Stadionni ko‘zdan kechirib, o‘zbek futboli tarixi muzeyini aylandi. “Milliy” stadionga uyushtirilgan tashrif so‘nggida faxriy mehmonlar kitobiga o‘z fikrlarini yozib qoldirdi.   “Milliy” stadiondan chiqqach Ektor Kuper Toshkent temiryo‘l muhandislari instituti hududida joylashgan “O‘zbekiston temir yo‘llari sport stadioni”ga bordi. U yerda Ravshan Haydarov boshchiligidagi O‘zbekiston olimpiya terma jamoasining mashg‘ulotini kuzatdi. Murabbiy va futbolchilar bilan tanishib, ular bilan suhbatlashdi. Mashg‘ulot oxirida Ravshan Haydarov va uning jamoasiga Indoneziyada bo‘lib o‘tadigan Osiyo o‘yinlarida omad tiladi.
Manba: ufа.uz
Kiritildi: 10:53, 07.08.2018.
O'qildi: 9858 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.