Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/08 00:00 Kristal Pelas 1-4 Manchester Siti
29/08 00:30 Alaves 1-0 Vilyarreal
29/08 16:30 Liverpul 2-2 Nottingem Forest
29/08 18:00 Surxon 0-1 Guliston
29/08 19:00 Neftchi 1-0 Paxtakor
29/08 19:00 Bornmut 1-1 Everton
29/08 19:00 Koventri Siti 0-1 Xall Siti
29/08 20:00 Levante 5-2 Betis
29/08 21:30 Tottenhem 0-2 Nyukasl
29/08 21:30 Fiorentina 0-3 Frozinone
29/08 21:30 Monsa 2-3 Udineze
29/08 21:30 Sassuolo 2-1 Torino
29/08 22:00 Real Sosyedad 2-1 Espanyol
29/08 23:45 Yuventus 2-0 Parma
30/08 00:30 Sevilya 1-3 Atletiko
30/08 18:00 So‘g‘diyona - Jayxun
30/08 18:00 Chelsi 4-3 Brayton
30/08 18:00 Lids 1-1 Brentford
30/08 18:00 Sanderlend 1-0 Fulhem
30/08 19:00 Navbahor - Nasaf
30/08 20:00 Real Madrid - Malaga
30/08 20:30 Man. Yunayted - Ipsvich
30/08 21:30 Napoli - Komo
30/08 22:30 Deportivo - Valensiya
30/08 23:45 Kalyari - Inter
30/08 23:45 Lasio - Jenoa
31/08 00:30 Selta - Atletik Bilbao
31/08 21:30 Lechche - Roma
31/08 22:30 Osasuna - Xetafe
31/08 23:45 Atalanta - Bolonya
01/09 00:00 Aston Villa - Arsenal

Grosskroys, Diomed, Areola yoxud jahon chempioniga aylangan kamtarin futbolchilar

Grosskroys, Diomed, Areola yoxud jahon chempioniga aylangan kamtarin futbolchilar

Baho:
+ | -

Jahon chempioni degan yuksak unvonga sazovor bo‘lish - futbol olamining cho‘qqisi! Ko‘pgina mashhur yulduzlar uchun u ushalmas orzu bo‘lib qolgan: Platini, Kroyff, Ronaldu, Messi...

To‘rt yil avval cho‘qqini zabt etgan Kevin Grosskroys esa hozir 3-divizionda yuribdi.

Darvoqe, 30 yillik yubileyi tufayli e’tiborimizni tortgan g‘ayritabiiy chempion o‘zi kabi kasbdoshlari haqidagi hikoyaga turtki bo‘ldi.

Joel Kamargo (Braziliya) - 1970 yilgi jahon chempioni

Bu himoyachi qirol Pele bilan yonma-yon to‘p surgan, nafaqat terma jamoa, «Santos»da ham. 23 yoshida u «Baliqlar» libosida 300 marta maydonga tushib, o‘nlab sovrinlarga ega bo‘lgandi. Terma jamoaga ham muntazam ravishda taklif etilgan.

To‘g‘ri, 1970 yildagi Meksika mundialida umuman maydonga tushmadi. Lekin yuksak unvon sohibiga aylandi. O‘sha yilning noyabrida Joel avtomobil halokatiga yo‘liqib, 6 oy shifoxonada davolandi. Keyin esa Yevropaga yo‘l olib, «PSJ» bilan shart­noma imzoladi.

Ammo u endi avvalgi Kamargo emasdi - Parijdagi 3 oy ichida 2 marta maydonga tushib, mag‘lubiyatlar alamini totib ko‘rdi. Shundan keyin ortga qaytishga majbur bo‘ldi. 24 yoshli himoyachining o‘z yurtidagi urinishlari samara bermagach, 29 yoshda faoliyatini yakunladi.

Ruben Galvan (Argentina) - 1978 yilgi jahon chempioni

Argentina futbolining eng sovrindor vakillaridan biri. Ruben - Libertadores kubogining 4 karra sohibi, 2 karra Argentina chempioni va jahon chempioni. Qizig‘i, «albiseleste» safida bor-yo‘g‘i 3 marta maydonga tushgan.

Galvanning jangovar xususiyati haqida rivoyatlar ko‘p. Masalan, bir gal u boldir suyagining sinishiga qaramasdan, 50 daqiqa to‘p surgan. Afsuski, keyinchalik gepatit-S xastaligiga chalinib, 27 yoshda futboldan ketishga majbur bo‘ldi.

Franko Selvadji (Italiya) - 1982 yilgi jahon chempioni

Bu hujumchiga tarkibdan joy berish uchun buyuk Enso Bearzot «A» seriyaning eng yaxshi to‘purari - Roberto Prussodan voz kechgandi. Boz ustiga, JCH arafasida Franko hisobida atigi 3ta o‘yin bo‘lib, gol yo‘q edi. Ana shu ko‘rsatkich faoliyatining so‘ngiga qadar o‘zgarishsiz qoldi.

Tabiiyki, Ispaniya maydonlarida ham Franko bir daqiqa bo‘lsada to‘p surmadi. Lekin mundialdan keyingi 4 mavsumda 20ta gol urdi. 33 yoshida u «V» seriyaning «Sambenedetteze» klubi safidan joy oldi. Ammo bu faoliyat ham uzoqqa cho‘zilmadi.

Ektor Selada (Argentina) - 1986 yilgi jahon chempioni

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 07:34, 10.08.2018.
O'qildi: 5578 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик