Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya 5-5 Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted 2-0 Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

Qilichbozlarimiz Iordaniyadagi musobaqada bir yo‘nalishda uchta medalga egalik qilishdi

Qilichbozlarimiz Iordaniyadagi musobaqada bir yo‘nalishda uchta medalga egalik qilishdi

Baho:
+ | -

Iordaniyaning Amman shahrida qilichbozlik bo‘yicha Osiyo kadet sikli doirasidagi navbatdagi musobaqa bo‘lib o‘tdi. Bu safargi musobaqada qit’amizning to‘rtta mamlakatidan 24 nafar sportchi ishtirok etdi. Unda o‘zbekistonlik yosh qilichbozlar ham sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib borishdi.

Quvonarlisi, sablya bo‘yicha bellashuvlarda ishtirok etgan to‘rt nafar sportchimizning uch nafari sovrindorlar qatoridan joy oldi.

Chorak final doirasida kechgan bahslarda Sherzod Mamutov BAA vakilini, Jaloliddin Dushamboyev quvaytlik raqibini, Bobur Rasulov iordaniyalik sportchini mag‘lubiyatga uchratishdi. Yarim finaldagi «o‘zbek derbisi»da Jaloliddin Dushamboyev Sherzod Mamutovni mag‘lubiyatga uchratib finalga yo‘l oldi. Bobur Rasulov esa quvaytlik Muhammad Alfadhliga imkoniyatni boy berdi. Oltin medal uchun kechgan bahsda Quvayt terma jamoasi a’zosi Muhammad Alfadhli Jaloliddin Dushamboyevni mag‘lubiyatga uchratdi.

Shu tariqa, Iordaniyadagi Osiyo kadet sikli musobaqasida Jaloliddin Dushamboyev kumush, Sherzod Mamutov va Bobur Rasulovlar bronza medalini qo‘lga kiritdilar.

Eslatib o‘tamiz, iyul oyida Xitoyning Usi shahrida o‘tkazilgan Osiyo kadet sikli bahslarida sportchilarimiz Pazil Genjabayev oltin, Sherzod Mamutov esa kumush medalga sazovor bo‘lgandi.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 20:54, 10.08.2018.
O'qildi: 1779 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.