“Everton” himoyachisi Yerri Mina yangi jamaosi haqida fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Eng muhimi jamoa biror-bir unvon uchun kurashishi kerak. Shuning uchun, men bu yerdaman.
Men uzoq vaqtdan beri premyer-ligani kuzatib kelganman. Bu dunyoning eng yaxshi chempionati. Yangi jamoam safida debyut uchrashuvni o‘tkazishni sabrsizlik bilan kutyapman.
Men murabbiy bilan gaplashdim uning maqsadlari ancha yuqori. O‘zimni “Everton”da ko‘rsatishga harakat qilaman”, - deydi Mina.