Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/01 22:30 Kristal Pelas 1-1 Fulhem
01/01 22:30 Liverpul 0-0 Lids
02/01 01:00 Brentford 0-0 Tottenhem
02/01 01:00 Sanderlend 0-0 Manchester Siti
03/01 00:45 Kalyari - Milan
03/01 01:00 Rayo Valyekano - Xetafe
03/01 16:30 Komo - Udineze
03/01 17:30 Aston Villa - Nottingem Forest
03/01 18:00 Selta - Valensiya
03/01 19:00 Sassuolo - Parma
03/01 19:00 Jenoa - Piza
03/01 20:00 Brayton - Byornli
03/01 20:00 Vulverhempton - Vest Xem
03/01 20:15 Osasuna - Atletik Bilbao
03/01 22:00 Yuventus - Lechche
03/01 22:30 Elche - Vilyarreal
03/01 22:30 Bornmut - Arsenal

«Qo‘qon-1912» – «Paxtakor» o‘zaro o‘yinlar tarixidan

«Qo‘qon-1912» – «Paxtakor» o‘zaro o‘yinlar tarixidan

Baho:
+ | -

Ertaga “Qo‘qon-1912” jamoasi Pepsi superligasi 21-tur doirasida o‘z maydonida Toshkentning “Paxtakor” klubini qabul qiladi. Ushbu o‘yinga doir statistik ma’lumotlar bilan tanishing.

O‘zaro o‘yinlar

“Paxtakor” va “Qo‘qon-1912” shu kunga qadar O‘zbekiston chempionatlarida 25 marta to‘qnash kelishgan. Toshkent klubi 14 marta g‘olib bo‘lgan, 6 ta o‘yinda durang qayd etilgan. Qo‘qonliklar hisobida 5 ta g‘alaba mavjud. To‘plar nisbatida ham “Paxtakor” oldinda – 68:36. O‘zaro o‘yinlarda “Paxtakor” 48, “Qo‘qon-1912” 21 ochkoni  qo‘lga kiritgan.

O‘tgan yili Qo‘qonddagi bellashuvda 1:1 hisobi qayd etilgan.

Qo‘qonda o‘tgan so‘nggi besh uchrashuv:

06.05. 2017 «Qo‘qon-1912» – «Paxtakor» 1:1

08.08.2016 «Qo‘qon-1912» – «Paxtakor» 1:1

05.07.2015 «Qo‘qon-1912» – «Paxtakor» 2:2

02.11.2003 «Qo‘qon-1912» – «Paxtakor» 3:2

04.06.2002 «Qo‘qon-1912» – «Paxtakor» 1:3

O‘zaro o‘yinlar haqida fakt: Bu jamoalarning Qo‘qonda o‘tgan o‘yinlarida jamoamiz 4 bor zafar quchgan. To‘rtta bahsda g‘olib nomini aniqlashning imkoni bo‘lmagan. So‘nggi uchta uchrashuvda durang natija qayd etilgan.

Hakamlar

12-avgust kuni Qo‘qonda bo‘lib o‘tadigan super uchrashuvni Sherzod Qosimov boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib boradigan bo‘lishdi.

Ushbu referi mazkur jamoalarning birinchi davradagi uchrashuvini ham boshqargan.

Umuman olganda, Sherzod Qosimov joriy mavsumda jamoamiz ishtirokidagi to‘rtinchi o‘yinda faoliyat yuritadi. U boshqargan o‘yinlarda jamoamiz bitta g‘alaba, ikkita durangga erishgan.

Yana bir qiziq jihati shundaki, Sherzod Qosimov jamoamizning AGMKga qarshi kechgan har ikki o‘yinida ham ishlagan.  “Paxtakor” klubiga qarshi bo‘lib o‘tadigan uchrashuvda bu ko‘rsatkich yana takrorlanadi.

PEPSI Superliga, 21-tur.

Qo‘qon-1912 – Paxtakor

Hakamlar: Sherzod Qosimov, Rasul Fozilov, Mo‘min Majidov, Jasur Muxtorov.

Nazoratchi: Sayfiddin Ermatov.

Komissar: Ma’mur Saidqosimov.

Boshlanish vaqtlari

Ushbu uchrashuv yakshanba kuni soat 18:30da “Markaziy” o‘yingohda bo‘lib o‘tadi. Bugun esa xuddi shu stadionda o‘rinbosarlar bahsi o‘tkaziladi. Bugungi bellashuv soat 16:45da start oladi. Barcha muxlislarni stadionga chorlab qolamiz.

Manba: www.kokand1912.uz
Kiritildi: 16:52, 11.08.2018.
O'qildi: 3742 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.