Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

MOQ Bosh kotibi Jasur Matchanov Xitoyda O‘zbekiston sport delegasiyasi hamkorlari bilan uchrashdi

MOQ Bosh kotibi Jasur Matchanov Xitoyda O‘zbekiston sport delegasiyasi hamkorlari bilan uchrashdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Xabar berib o‘tganimizdek, O‘zbekiston sport delegasiyasi XVIII Osiyo o‘yinlari davomida Xitoyning «QIERTE Co. Ltd» kompaniyasi tomonidan taqdim etilgan «PRES-JOG» brendi ostidagi sport ekipirovkalaridan foydalanadi.

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi ilk marotaba Osiyo o‘yinlari uchun sport kiyimlari ishlab chiqaruvchi kompaniya bilan homiylik asosida kelishuvga erishdi. Odatda bunday shartnomalar Olimpiya o‘yinlari uchun imzolanardi.

Bu safar esa qit’amizning to‘rt yillikdagi eng nufuzli musobaqasida O‘zbekiston bilan hamkorlik qilish, o‘z brendini mamlakatimiz sport delegasiyasi orqali reklama qilish istagida bo‘lgan xorijiy kompaniyalar yetarlicha topildi.

Uzoq davom etgan muhokamalardan so‘ng aynan Xitoyning «PRES-JOG» brendi tanlandi. Bunda har tomonlama qulaylik, dizayn, musobaqa o‘tkaziladigan joy iqlimi va boshqa masalalar ham hisobga olindi. Qayd etib o‘tish lozimki, kompaniya tomonidan sakkizta sport turi bo‘yicha yurtimiz sharafini himoya qiladigan sportchilar uchun maxsus sport kiyimlari ham tayyorlab berildi.

Kuni kecha Xitoyda mazkur hamkorlik yuzasidan «PRES-JOG» brendining taqdimoti o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi tomonidan Bosh kotib Jasur Matchanov ishtirok etdi. Tadbir davomida ikki tomonlama hamkorlikning kelajak uchun rejalari, keyingi musobaqalarga ham homiylik masalalari, o‘zaro aloqalarini yanada mustahkamlash, O‘zbekiston futbol assosiasiyasi bilan ham kelishuvga erishish, navbatdagi loyihalarning yanada mukammal ko‘rinishga kelishi bo‘yicha fikrlar bildirildi. Ushbu hamkorlikning navbatdagi bosqichi doirasida Toshkentda ham ana shunday taqdimot marosimi tashkil qilish rejalashtirildi.

Katta tadbirda 3000 nafardan ziyod mehmon qatnashdi. Unda O‘zbekiston sport delegasiyasi liboslari taqdimotidan tashqari mazkur kompaniya tomonidan ishlab chiqarilgan boshqa liboslar ham namoyish etildi.

 

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 13:01, 12.08.2018.
O'qildi: 1829 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.