Londonning “Chelsi” klubi himoyachisi Ola Ayna jamoani tark etadi.
Italiyaning “Torino” klubi 21 yoshli himoyachini ijaraga olishga yaqin to‘ribdi. Bugun futbolchi yangi jamoasi safida tibbiy ko‘rikdan o‘tishi kerak.
Shuningdek, “Torino” mavsum so‘ngida futbolchini to‘liq sotib olish huquqiga ega bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, Ayna o‘tgan mavsumni “Xall Siti” safida ijara asosida o‘tkazgan edi.