Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

MOQ rahbari Turkiyada Najmiddin Bilol Erdogan bilan uchrashuv o‘tkazdi

MOQ rahbari Turkiyada Najmiddin Bilol Erdogan bilan uchrashuv o‘tkazdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Milliy olimpiya qo‘mitasi Prezidenti Umid Ahmadjonov shu kunlarda xizmat safari bilan Turkiyaning Istanbul shahrida bo‘lib turibdi. Safar davomida MOQ rahbari Xalqaro Etnosport konfederasiyasi hamda UNESCO yig‘ilishida ham ishtirok etdi.

Yig‘ilish davomida Turkiya yoshlar va sport vaziri, UNESCO kotibiyati vakili, Butunjahon Etnosport konfederasiyasi rahbari, shuningdek, maxsus maslahat qo‘mitasi raisi so‘zga chiqdi.

So‘ngra Umid Ahmadjonov Butunjahon Etnosport konfederasiyasi rahbari, Kamonchilar fondi vasiylik kengashi raisi, Turkiya yoshlar fondi Oliy maslahat kengashi a’zosi Najmiddin Bilol Erdogan bilan uchrashdi.

Yodingizda bo‘lsa, Erdogan may oyida yurtimizga tashrif buyurgandi. O‘shanda tomonlar bir qator masalalar bo‘yicha kelishuvlarga erishgandilar. Bugungi uchrashuvda esa tomonlar o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish, aloqalarni yanada mustahkamlash, kamondan o‘q otish sport turiga oid bir qator masalalarni muhokama qilishdi.

Milliy olimpiya qo‘mitasi rahbari ertaga kamondan o‘q otish bo‘yicha xalqaro «Fotih kubogi» musobaqasini O‘zbekistonda tashkil etish bo‘yicha muzokaralar olib borishi kutilmoqda.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 13:59, 13.08.2018.
O'qildi: 2084 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.