Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

Superliga 22-turida 3 ta prinsipial o‘yin bor. Ular bir vaqtda o‘tadi

Superliga 22-turida 3 ta prinsipial o‘yin bor. Ular bir vaqtda o‘tadi

Baho:
+1 | -

Superliganing 21-turi yakuniga yetgach, 22-tur uchun qiziqish yanada ortdi. “Neftchi” — “Qo‘qon-1912” klublari o‘rtasidagi vodiy derbisi prinsipial ahamiyat kasb etadi. Agar qo‘qonliklar kuchli oltilikka ilina olmasa, mazkur o‘yinda qo‘lga kiritilgan ochko sentyabrdan start oladigan Superliganing 2-bosqichi uchun ham ahamiyatli bo‘ladi. Demak, o‘yin ancha jiddiy.

“Buxoro” — “Lokomotiv” o‘yini borasida ham shunday fikr bildirish mumkin. Mazkur jamoalar kuchli oltilikda ekani aniq bo‘lgach, ular hozirdanoq keyingi bosqich sari qadam tashlashi shart. Ya’ni, ularning o‘zaro o‘yini natijasi turnir jadvaliga o‘z ta’sirini o‘tkazadi.

AGMK — “Metallurg” o‘yini esa vodiyda bo‘lib o‘tadigan “Neftchi” — “Qo‘qon-1912” uchrashuvi bilan o‘zaro prinsipiallik hosil qilgan. Demak, mazkur ikki uchrashuvning bir vaqtda start olishi maqsadga muvofiqdir. Zero, 22-turdan keyin oltilik bilan yo “Metallurg” yoki “Qo‘qon-1912” klubi xayrlashishi kerak.

Shundan kelib chiqib, PFL AGMK — “Metallurg” o‘yinini 17 avgust sanasiga ko‘chirdi. Shu kuni bo‘lib o‘tadigan barcha uchrashuvlar “Sport” bilan avvalgi kelishuvdan kelib chiqib, 20:30 da start oladi.

18 avgust — shanba kuni esa yana 2 ta uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Bunda PFL poytaxt Toshkentda bir kunda ikki uchrashuv bo‘lib o‘tmasligiga o‘z e’tiborini qaratdi. Shuningdek, “Sport” telekanaliga qarashli KTS birinchi kuni Buxoroda bo‘lsa, ertasiga Navoiyga yo‘l oladi. Muxlislar uchun “Navbahor” futbolchilari Navoiyda qanday o‘yin ko‘rsatishi ham qiziq. Shundan kelib chiqib, uning efirga uzatilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi.

22-tur

17 avgust, juma

20:30 “Bunyodkor” — “So‘g‘diyona”

20:30 “Neftchi” — “Qo‘qon-1912”

20:30 AGMK — “Metallurg”

20:30 “Buxoro” — “Lokomotiv”

18 avgust, shanba

20:00 “Paxtakor” — “Nasaf”

20:00 “Qizilqum” — “Navbahor”

Shuni qo‘shimcha qilish kerakki, har qanday formatda ham mavsumning borishiga qarab o‘tkinchi o‘yinlar chiqib kelishi mumkin. Biroq Superliganing ayni formatida esa har bir turda qiziqarli va prinsipial o‘yinlar soni avvalgilariga qaraganda ko‘proq ekani e’tibor molik. Va bunday o‘yinlarda nafaqat chempionlik yoki jon saqlash uchun kurashayotgan, balki turnir jadvalining o‘rtasida yurgan klublar ham maydonga tushayotgani diqqatga sazovor.

Manba: www.ufa.uz
Kiritildi: 19:01, 13.08.2018.
O'qildi: 5122 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.