Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor 1-2 Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona 0-2 Nasaf
06/03 19:30 Xorazm 1-0 OKMK
07/03 00:45 Napoli 2-1 Torino
07/03 01:00 Selta 1-2 Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad
08/03 00:45 Yuventus - Piza
08/03 01:00 Atletik Bilbao - Barselona
08/03 16:30 Lechche - Cremonese
08/03 18:00 Vilyarreal - Elche
08/03 19:00 Bolonya - Verona
08/03 19:00 Fiorentina - Parma
08/03 20:15 Xetafe - Betis
08/03 22:00 Jenoa - Roma
08/03 22:30 Sevilya - Rayo Valyekano

«Xorazm» klubidagi vaziyat o‘nglansin - muxlislar murojaati

«Xorazm» klubidagi vaziyat o‘nglansin - muxlislar murojaati

Baho:
+ | -

Bugun, 15 avgust kuni Pro-liga 21-turi doirasida «Xorazm» klubi safarda «Andijon» bilan bellashib, yirik - 1:6 hisobida yutqazdi.

Shundan so‘ng, «Xorazm» muxlislari klubdagi vaziyatni o‘nglash lozimligini ta’kidlab, viloyat rahbariyati nomiga murojaat qilishdi.

«O‘yinni ko‘rmasdan turib baho berilmaydi, ammo, to‘g‘risi, natijaning bunday bo‘lishini kutmagan edik.

«Xorazm» uchinchi davradan oldin 1 oy davomida Toshkent yig‘inini o‘tkazdi. Bir qancha o‘rtoqlik o‘yinlarida ishtirok etdi. Bunga katta mablag‘ sarflandi.

Ammo, jamoa uchinchi davraning 3ta o‘yinida atigi 1 ochko oldi xolos. U ham bo‘lsa, turnirning yaqqol autsayderi «Orol»ga qarshi o‘yinda. Fikrimizcha, musobaqaning uchinchi davrasiga puxta tayyorgarlik ko‘rgan jamoa bunday natijalarni qayd etmasligi lozim edi.

Eng achinarlisi shuki, «Xorazm» klubi Andijonga borish uchun mablag‘ topolmay, o‘yin boshlanishiga 30 soat vaqt qolganida yo‘lga chiqdi. Natijada, bellashuv o‘tkaziladigan kuni Andijonga yetib bordi. Bunday sharoitda, uzoq yo‘ldan charchab borgan futbolchilar na dam olishdi, na bir tayinli mashg‘ulot o‘tkazishdi.

Bu nimadan dalolat bermoqda? «Xorazm» klubining rahbariyati o‘z ishiga sovuqqonlik bilan yondashmoqda, o‘z vazifasini munosib tarzda bajarmayapti. Klubga ajratilgan pullar maqsadga muvofiq tarzda sarflanmayapti. Aks holda, 1 oy davomida katta mablag‘ sarflab, Toshkent yig‘inini o‘tkazish, ammo, 21-tur o‘yiniga borish uchun pul topolmay, 1 kun qolganda yo‘lga chiqishni qanday tushunish mumkin?    

Umid qilamizki, Xorazm viloyati hokimiyati «Xorazm» futbol klubida yuzaga kelgan vaziyat bilan jiddiy shug‘ullanadi, viloyatda yagona bo‘lgan futbol klubi uchun zarur sharoitlarni yaratib beradi» - deyiladi «Xorazm» klubi muxlislari bayonotida.

Manba: Хоразм ФК мухлислари
Kiritildi: 21:08, 15.08.2018.
O'qildi: 3266 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.