Fransiyalik yarim himoyachi Korentin Tolisso “Bavariya” mashg‘ulotlariga qaytdi. Bu haqda jamoaning matbuot xizmati xabar bermoqda. Eslatib o‘tamiz, Korentin JCH-2018da so‘ng ta’tilga chiqgan edi.
Tolisso Germaniya superkubogini o‘tkazib yubordi. Futbolchi “Xoffenxaym”ga qarshi uchrashuvgacha tayyor bo‘lishi kerak. Bu uchrashuv 24 avgust kuni bo‘lib o‘tadi.