Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese

UYEFA superkubogi. «Atletiko» «Real»ni mag‘lub etdi

UYEFA superkubogi. «Atletiko» «Real»ni mag‘lub etdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: YEVROPA
Rukn: Yangiliklar

UYEFA Superkubogi bahsidan o‘rin olgan «Real» – «Atletiko» uchrashuvi o‘z nihoyasiga yetdi. Tallinda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda «matraschilar»ning qo‘li baland keldi.

Uchrashuvning ilk soniyalarida nominal mehmonlar raqib darvozasini ishg‘ol qilishdi: jarima maydoni ichiga yorib kirgan Diyego Kosta darvozaning yaqin burchagini aniq nishonga olgan holda jamoasini oldinga olib chiqdi.

27-daqiqa o‘tib borayotgan bir vaqtda Garet Beyl o‘ng qanotdan tezlik oldi va to‘pni raqib jarima maydoniga uzatdi, u yerda paydo bo‘lgan Karim Benzema boshi bilan darvozani ishg‘ol qildi.

63-daqiqada «Atletiko» himoyachisi o‘z jarima maydoni ichida qo‘li bilan o‘ynadi, natijada belgilangan penaltini Serxio Ramos aniq amalga oshirdi. 79-daqiqada Kosta yaqin masofadan qaymoqranglilar darvozasini ishg‘ol qildi va muvozanatni tikladi.

Shu tariqa, o‘yinning asosiy vaqti durang natija bilan yakun topdi va qo‘shimcha bo‘limlarga murojaat qilindi.

Qo‘shimcha bo‘limlarning birinchisida «Real» markaziy himoyachilarining xatosini Saul Niges gol bilan jazoladi. Oradan ko‘p vaqt o‘tmay Koke «Atletiko»ning to‘rtinchi golini urdi.

Bu hisob «Atletiko»ga g‘alabani taqdim etdi va Diyego Simenone shogirdlari ushbu mavsumni sovrin bilan boshlaydigan bo‘lishdi.

UYEFA Superkubogi 

Real Madrid – Atletiko 2:4

Gollar: 0:1 – 1 Diyego Kosta, 1:1 – 27 Benzema, 2:1 – 63, penalti Ramos, 2:2 – 79 Diyego Kosta, 2:3 – 98 Saul, 2:4 – 104 Koke.

Real Madrid – Navas, Varan, Karvaxal, Ramos, Marselo, Kroos (Mayoral, 102), Isko (Vaskes, 83), Asensio (Modrich, 57), Kazemiro (Sebalyos, 76), Beyl, Benzema.

Atletiko –   Oblak, Godin, Savich, Xuanfran, Lyuka Ernandes, Koke, Lemar (Parti, 90), Rodri Ernandes (Vitolo, 71), Saul, Diyego Kosta (Ximenes, 109), Grizmann (Korrea, 57).

Ogohlantirishlar: Asensio (35), Marselo (54), Korrea (60), Diyego Kosta (62), Sebalyos (90), Modrich (101), Vitolo (105).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 07:24, 16.08.2018.
O'qildi: 11828 marta.
Fikrlar: 16 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик