Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

O‘zbekiston sport delegasiyasining yana bir qismi Jakartaga yetib bordi

O‘zbekiston sport delegasiyasining yana bir qismi Jakartaga yetib bordi

Baho:
+ | -

Bugun tunda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi Bosh kotibi Jasur Matchanov boshchiligidagi mamlakatimiz sport delegasiyasining yana bir qismi Osiyo o‘yinlari poytaxti Jakarta shahriga yetib keldi.

Ularni Indoneziya poytaxtidagi «Soekarno Hatta» xalqaro aeroportida O‘zbekiston Respublikasining Indoneziyadagi Favqulotda va muhtor elchisi Ulug‘bek Ro‘ziqulov, Milliy olimpiya qo‘mitasi ishchi guruhi a’zolari, Jakartada istiqomat qilayotgan bir guruh vatandoshlarimiz, shuningdek, O‘zbekiston sport delegasiyasi uchun biriktirilgan ko‘ngillilar kutib olishdi.

Ma’lumot uchun, bugun yana bir qator sport turlari buyicha terma jamoalarimiz Indoneziyaga yo‘l oladilar.

Bugun Kemayoran daxasidagi Olimpiya shaharchasida O‘zbekiston sport delegasiyasi sharafiga bag‘ishlab Respublikamiz bayrog‘i ko‘tariladi.

Hozirga qadar futbol, ot sporti, tennis, penchak silat, baydarka va kanoeda eshkak eshish, slalomda eshkak eshish, boks, qilichbozlik, yengil atletika bo‘yicha terma jamoalarimiz Indoneziyaga yetib kelib bo‘lishdi.

Eslatib o‘tamiz, Osiyo o‘yinlarining tantanali ochilish marosimi 18 avgust kuni «Gelora Bung Karno Stadium»da bo‘lib o‘tadi.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 09:19, 16.08.2018.
O'qildi: 1758 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик