Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/02 00:45 Udineze 1-0 Roma
03/02 01:00 Sanderlend 3-0 Byornli
03/02 01:00 Malyorka 4-1 Sevilya
03/02 11:00 Eron 7-4 O‘zbekiston
03/02 13:00 Iroq 4-2 Tailand
03/02 15:00 Yaponiya 6-0 Afg‘oniston
03/02 17:00 Indoneziya 3-2 Vyetnam
04/02 00:45 Bolonya 0-3 Milan
05/02 13:00 Iroq - Eron
05/02 17:00 Indoneziya - Yaponiya

YEL. Fantastika! «Zenit» o‘z o‘yida «Dinamo Minsk»ni yer tishlatdi

YEL. Fantastika! «Zenit» o‘z o‘yida «Dinamo Minsk»ni yer tishlatdi

Baho:
+ | -

Yevropa ligasining saralash 3-bosqichidan iborat “Zenit” – “Dinamo Minsk” uchrashuvi 8:1 hisobida nihoyasiga yetdi.

Piterliklar mexmonda o‘tkazib yuborilgan gollarni qoplashlari kerak edi. Biroq muxlislar tezkor gol ko‘rishmadi lekin, o‘yinning 22-daqiqasiga kelib “Zenit”da standart vaziyat ro‘y berdi Leandro Parades jarima zarbasini ayyorona tarzda darvozaboning teva burchagiga joylab qo‘ydi 1:0.

Birinchi bo‘limda Semakning shogirdlari bundan ortiq gol urolmadi. Lekin, ikkinchi bo‘limda “Zenit” yana standartdan raqibni jazoladi. Bu safar bu ma’suliyatli vazifani Noboa bajardi. Mezbonlar hujum qilishda to‘xtashmadi. Ammo o‘yinning 72 daqiqasida Paredes maydondan chetlatildi. Lekin, bu o‘yinning shukuhini buzmadi “Zenit” yana hujum qilishda davom etdi. Rossiyaning qiyin vaziyatdan chiqarib ketgan Dzyuba Anton Zabolotniyni pasidan so‘ng gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Shundan 3 daqiqa o‘tib  Dzyuba dublni rasmiylashtirdi.

Minskda ham o‘yin hisobi 4:0 bo‘lib yakunlagandi. Shuning uchun jamoalar qo‘shimcha bo‘limlarni o‘ynashga majbur bo‘lishdi. Uchrashuvning 99-daqiqasida minskliklar o‘z hisoblariga gol yozib qo‘yishdi.

Shu damda muxlislar “Zenit”dan bor umidlarini uzishgandi. Biroq, Semakning qo‘l ostidagi futbolchilar ohirigacha bordi. 109-daqiqada Dzyuba Driussiga pas berdi argentinalik futbolchi esa bu uzatmani golga aylantirdi. Bir ozdan so‘ng Dzyuba penaltidan gol urib o‘z hisobiga xet-trik yozdirib qo‘ydi. Shundan so‘ng, “Zenit” to‘xtamadi ular yana ikkita gol urdi.

“Zenit” – “Dinamo Minsk” 8:1

“Petrovskiy”

Gollar: Paredes, 22 (1:0), Noboa, 66 (2:0), Dzyuba, 75 (3:0), Dzyuba, 78 (4:0), Yaxaya, 99 (4:1), Driussi, 109 (5:1), Dzyuba, 115 (6:1, pen), Mak, 120+1 (7:1, pen), Mak, 120+3 (8:1)

Zenit: Lunev, Mevlya, Ivanovich, Anyukov, Nabiullin (Zabolotniy, 59), Noboa (Smolnikov, 103), Paredes, Yeroxin (Mak, 102), Kuzyayev, Ernani (Driussi, 61), Dzyuba.

Dinamo Minsk: Gorbunov, Begunov, Rosha (Gavrilovich, 92), Galovich, Shitov, Trebotich (Navalovskiy, 72), Yaxaya, Korzun, Shvesov, Xvashinskiy (Kaplenko, 55), Ivanov (Makas, 65).

Ogohlantirishlar: Noboa (11), Begunov (22), Shvesov (45), Paredes (64).

Chetlatishlar: Paredes (72), Shvesov (120).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 01:22, 17.08.2018.
O'qildi: 9210 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.