Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 1-2 Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum 2-1 Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano 3-0 Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa - Chelsi
05/03 00:30 Fulhem - Vest Xem
05/03 00:30 Brayton - Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti - Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl - Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK

O‘zbekiston sport delegasiyasining asosiy qismi Jakartaga keldi

O‘zbekiston sport delegasiyasining asosiy qismi Jakartaga keldi

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, ertaga Indoneziya poytaxti Jakarta shahrida XVIII Osiyo o‘yinlari rasman start oladi.

Shu kungacha futbol, ot sporti, tennis, penchak silat, akademik eshkak eshish, slalomda eshkak eshish, boks, qilichbozlik, yengil atletika bo‘yicha terma jamoalarimiz Indoneziyaga yetib kelishgani haqida xabar berib o‘tgandik.

Bugun delegasiyamizning katta qismi, jumladan, taekvondo WTF, ushu, suzish, erkin va yunon-rum kurashi, og‘ir atletika bahslarida yurtimiz sharafini himoya qiladigan sportchilarimiz Osiyo o‘yinlari poytaxtiga yetib kelishdi. Ularni mahalliy «Soekarno Hatta» xalqaro aeroportida O‘zbekiston Respublikasining Indoneziyadagi elchixonasi vakillari, Milliy olimpiya qo‘mitasi ishchi guruhi a’zolari, Jakartada istiqomat qilayotgan bir guruh vatandoshlarimiz, shuningdek, tashkiliy qo‘mita tomonidan O‘zbekiston sport delegasiyasi uchun biriktirilgan ko‘ngillilar kutib olishdi.

Sportchi va murabbiylarimiz aeroportdan to‘g‘ri Kemayoran daxasidagi Olimpiya shaharchasiga yo‘l olishdi. Ular Osiyo o‘yinlari davomida aynan shu yerda istiqomat qilishadi.

Ma’lumot uchun, ertaga soat 18:08da (Toshkent vaqti bilan 16:08) Jakartadagi «Gelora Bung Karno Stadium»da XVIII Osiyo o‘yinlarining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi. 19 avgustdan esa asosiy musobaqalarga start beriladi. O‘sha kuni suzish, erkin kurash, ushu, o‘q otish, akademik eshkak eshish, tennis hamda qilichbozlik bo‘yicha bahslarda sportchilarimiz o‘z ishtiroklarini boshlashadi. Shuningdek, futbolchilarimiz Tailand terma jamoasiga qarshi guruhdagi so‘nggi uchrashuvlarini o‘tkazadilar.

  

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 16:29, 17.08.2018.
O'qildi: 2894 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.