Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

Pepsi superliga: «Ekvator»ga bir qadam qolganda…

Pepsi superliga: «Ekvator»ga bir qadam qolganda…

Baho:
+ | -

Bugun va Shanba kuni o‘tajak 22-tur bahslaridan so‘ng mamlakatimiz tarixida ilk bora qo‘llanilayotgan yangicha tizimdagi chempionat o‘yinlari ham o‘zining «ekvator»iga yetib keladi va bundan buyon jamoalar yanada mas’uliyatliroq bahslarga kirishishadi.

Bugun bo‘lib o‘tadigan to‘rt bahsdan so‘ng kuchli oltilikning so‘nggi ishtirokchisi nomi ham ma’lum bo‘ladi.

Poytaxtning uch yetakchi klubi, «Navbahor» hamda «Buxoro»ga chempionlik va uning ortidagi yo‘llanmalar kurashida «Metallurg» yoki «Qo‘qon-1912» jamoalaridan biri qo‘shilishi hozirdan ma’lum.

Erta bahordan boshlab, to shu kungacha kuzatishlarimiz, oldindan qilingan taxminlar o‘z yakuniga yetib, barcha masalaga uzil-kesil nuqta qo‘yadigan damlar ham yetib keldi: amalda o‘z kuchini yo‘qotmagan ikkitagina jadval qoldi.

Men bugungi tahlilni bahor oylarida o‘zim yozgan, «InterFutbol» gazetasi va bir qator internet saytlarida e’lon qilingan maqolamdagi satrlar bilan boshlamoqchiman:

«Ortda qolgan 8 turdan so‘ng biz bugun «oraliq sarhisob» o‘tkazishga qaror qildik va bunda juda-juda qiziqarli raqamlar ko‘rinmoqda. Yuqori oltilikka kirishga da’vogar jamoalar, ularning bu mavsumdagi imkoniyatlari aynan 8-tur yakuniga kelib anchagina oydinlashib qoldi.

Mavsum boshida taxmin qilingan kuchli to‘rtlik - «Lokomotiv», «Nasaf», «Paxtakor» va «Bunyodkor»ning mamlakat chempionligi va Osiyo Chempionlar Ligasi yo‘llanmasi uchun hal qiluvchi bahslarda ham ishtirok etishi «temiryo‘lchilar»ning Qosimov shogirdlari ustidan qozongan g‘alabasidan so‘ng deyarli 99 foizga ma’lum bo‘ldi.

Bunga Superligada ishtirok etayotgan qolgan 8 jamoa ham ishonib bo‘lgani hozirdan ma’lum. Qandaydir «sensasiya»gina bu kvartetdan loaqal bittasini 6-o‘rindan pastga tushirib yuborishi mumkinki, bunga futbolga qiziquvchi ham­yurtlarimizning biror foizi ham ishonmasligi turgan gap.

Xullas, yakuniy kuchli oltilikning dastlabki to‘rt jamoasi nomi hozirdan ma’lum, desak bo‘laveradi. Hamma masala qolgan ikki o‘rin taqdiriga borib taqaladi. Aynan mana shu 2ta pog‘onaga da’vogarlarning imkoniyatlari xususida juda-juda ko‘p gapirish mumkin».

Taqdirni qarangki, biz tilga olgan o‘sha qandaydir «sensasiya» yakunda o‘z so‘zini aytdi: xuddi Italiya va Gollandiya milliy terma jamoalari mundial yo‘llanmasidan quruq qolganidek, biz inqirozga yuz tutishini umuman kutmagan, buni tasavvur ham qila olmagan «Nasaf»ning pastga qulashi alal-oqibat yuz berdi. Kutilmaganda yuz berdi! Nachora, futbol shunisi bilan ham qiziq...

Xullas, milliy chempionatimiz chempionlik jadvalida o‘zining asosiy va doimiy ishtirokchilaridan birini yo‘qotdi. Biz, to‘g‘risi, «Nasaf»ning so‘nggi yillarda ko‘rsatgan ajoyib natijalari haqqi-hurmati jamoaning yuqori oltilikka kirib olishiga so‘nggi turlargacha ham umid qilib kelgandik.

Biroq Ro‘ziqul Berdiyev shogirdlari mavsum o‘rtalarida qabul qilib olingan «nokdaun»lardan so‘ng o‘zlariga kela olishmadi va yakunda o‘sha biz tilga olgan «to‘rtinchi yo‘llanma»ni Bekobod yoki Qo‘qon shahri jamoalaridan biriga qo‘sh-qo‘llab topshirib ketishdi.

Demak, «Nasaf»ni chempionlik jadvalidan butkul o‘chirishga majburmiz, shunga qaramay, jadvalning ko‘rinishi hozir ham unchalik chakki emasligi bizni keyingi bosqichni yanada optimistik qarash bilan kuzatishga majbur etmoqda.

Demak, hozircha chempionlik kurashi sari o‘z kuchini yo‘qotmagan ikkitagina jadval qoldi va bugun ularning har biriga alohida-alohida to‘xtalib o‘tamiz. Zero, yana bir kundan so‘ng bu jadvallarning ham bittasi o‘z kuchini yo‘qotadi.

«A» VARIANTI: BEKOBOD

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 18:51, 17.08.2018.
O'qildi: 3503 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.