Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/08 19:00 Surxon 1-3 So‘g‘diyona
13/08 19:00 Andijon 0-3 Neftchi
13/08 20:30 Buxoro 2-0 OKMK
14/08 19:00 Navbahor - Bunyodkor
14/08 20:00 Dinamo - Xorazm
14/08 20:30 Qizilqum - Mash’al
15/08 19:00 Qo‘qon-1912 - Lokomotiv
15/08 19:00 Nasaf - Paxtakor

«Paxtakor» murabbiyi jarimaga tortildi

«Paxtakor» murabbiyi jarimaga tortildi

Baho:
+ | -

Tartib-intizom Qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi.

Superliga

“Qizilqum” – “Buxoro” uchrashuvining 90+5 daqiqasida hakam sha’niga nomaqul so‘zlar ishlatgani uchun maydondan chetlatilgan “Buxoro” jamoasi shifokori S. Bomurodovga 5 million so‘m miqdorida jarima belgilandi. Agar shunday holat yana takrorlansa, unga nisbatan yanada qat’iy choralar ko‘rilishi qayd etildi.

“Paxtakor” – “Lokomotiv” uchrashuvining 90+5 daqiqasida hakam sha’niga nomaqul so‘zlar ishlatgani uchun maydondan chetlatilgan “Paxtakor” jamoasi murabbiyi P. Xyuistrga 5 million so‘m miqdorida jarima belgilandi. Agar shunday holat yana takrorlansa, unga nisbatan yanada qat’iy choralar ko‘rilishi qayd etildi.

Pro liga

“Istiqlol” – “Andijon” uchrashuvining 89 daqiqasida raqib sha’niga nomaqul so‘zlar ishlatgani uchun maydondan chetlatilgan “Andijon” jamoasi futbolchisi I. Otaxonov 2 ta uchrashuvga diskvalifikasiya qilindi va unga 1 million so‘m miqdorida jarima belgilandi.

Yoshlar ligasi

“Paxtakor” – “Lokomotiv” uchrashuvining 75 daqiqasida tajovuzkor hatti-harakatlar amalga oshirgani uchun maydondan chetlatilgan “Paxtakor” klubi futbolchisi SH. Azmiddinov 3 ta uchrashuvga diskvalifikasiya qilindi va unga 500 ming so‘m miqdorida jarima belgilandi.

“Nasaf” – “Bunyodkor” uchrashuvining 81 daqiqasida bosh hakamning birinchi yordamchisi sha’niga nomaqul so‘zlar ishlatgani uchun maydondan chetlatilgan “Bunyodkor” jamoasi futbolchisi A. Mo‘ydinov 3 ta uchrashuvga diskvalifikasiya qilindi va unga 500 ming so‘m miqdorida jarima belgilandi.

“So‘g‘diyona” – AGMK uchrashuvining 55 daqiqasida o‘yin qoidasini juda qo‘pol tarzda buzgani uchun maydondan chetlatilgan AGMK klubi futbolchisi A. Jumaboyev 4 ta uchrashuvga diskvalifikasiya qilindi.

Ayollar chempionati

“Buxoro-W” – “Qizilqum Guli” uchrashuvining 90+4 daqiqasida hakam sha’niga nomaqul so‘zlar ishlatgani uchun maydondan chetlatilgan “Buxoro-W” futbolchisi G. Najimova 3 ta uchrashuvga diskvalifikasiya qilindi.

“Sho‘rtan” – “So‘g‘diyona-W” uchrashuvining 89 daqiqasida tajovuzkor hatti-harakatlar amalga oshirgani uchun maydondan chetlatilgan “Sho‘rtan” klubi futbolchisi X.  Gancheva 3 ta uchrashuvga diskvalifikasiya qilindi va unga 500 ming so‘m miqdorida jarima belgilandi.

AGMK – “Andijanka” uchrashuvining 55 daqiqasida o‘yin qoidasini qo‘pol ravishda buzgani uchun maydondan chetlatilgan AGMK klubi futbolchisi O. Daulboyeva 3 ta uchrashuvga diskvalifikasiya qilindi va unga 500 ming so‘m miqdorida jarima belgilandi.

“Navbahor” – “Bunyodkor” uchrashuvining 66 daqiqasida raqibasi sha’niga nomaqul so‘zlar ishlatgani uchun maydondan chetlatilgan “Bunyodkor” futbolchisi O‘. Qo‘chqorova 3 ta uchrashuvga diskvalifikasiya qilindi va unga 500 ming so‘m miqdorida jarima belgilandi.

Manba: www.ufa.uz
Kiritildi: 19:38, 17.08.2018.
O'qildi: 4534 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик