Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/03 01:00 Arsenal 2-0 Bayer
18/03 01:00 Chelsi 0-3 PSJ
18/03 01:00 Manchester Siti 1-2 Real Madrid
18/03 19:15 Qo‘qon-1912 2-1 Navbahor
18/03 19:15 Xorazm 1-2 Bunyodkor
18/03 20:00 Qizilqum 0-1 OKMK
18/03 22:45 Barselona 7-2 Nyukasl
19/03 01:00 Bavariya 4-1 Atalanta
19/03 01:00 Liverpul 4-0 Galatasaroy
19/03 01:00 Tottenhem 3-2 Atletiko
19/03 16:00 Andijon - Mash’al
19/03 18:15 Buxoro - Dinamo
20/03 16:00 Neftchi - Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf - Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona - Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari - Napoli

Superliga. «Qo‘qon-1912» «Neftchi»ga mag‘lub bo‘ldi

Superliga. «Qo‘qon-1912» «Neftchi»ga mag‘lub bo‘ldi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Superligasi 22-tur “Neftchi” – “Qo‘qon-1912” uchrashuvi nihoyasiga yetdi. “Istiqlol” o‘yingohida kechgan uchrashuvda mezbonlar g‘alaba qozondi.

Uchrashuv kutilganidek shiddatli tarzda boshlandi. O‘yin startidan har ikki jamoa hujumga zo‘r berishdi.  Biroq muxlislar birinchi bo‘limda gol ko‘rishmadi.

Ikkinchi bo‘limni mexmonlar ancha faol tarzda boshlashdi va raqib darvozasi oldida bir qator hujumlarni tashkil etishdi.

Uchrashvning 55-daqiqasida mexmonlar maydonda bir kishi kam bo‘lib qoldi. “Qo‘qon-1912” futbolchisi Murod Xolmuhammedov ikkinchi marta hakam tomonidan ogohlantirildi va maydonni tark etdi.

O‘yinning 70-daqiqasida maydon egalari baribir o‘z niyatlariga erishishdi. Doston Toshmatov “Qo‘qon-1912” darvozabonidan qaytgan to‘pni golga aylantirdi. Gol o‘tkazib yuborgach, “Qo‘qon-1912” katta kuch bilan oldinga tashlandi. Mezbonlar esa qarshi hujumlardan samarali foydalanishga harakat qilishdi.

Uchrashuvning 83-daqiqasida “Qo‘qon-1912” futbolchilari penalti tepish huquqiga ega bo‘lishdi. Jarima to‘pidan keyin mezbonlar futbolchisi jarima maydonchasi ichida qo‘pol o‘ynadi. Natijada “Neftchi” darvozasi tomon penalti belgilandi. O‘n bir mertli nuqtadan esa Marko Milich gol ura olmadi. Muzaffar Abdullayev to‘pni qaytarib qoldi.

Shu tariqa “Qo‘qon-1912” jamoasi kuchli oltilikdan joy ola bilmadi.

Superliga, 22-tur

“Neftchi” – “Qo‘qon-1912” – 1:0

Gol: Doston Toshmatov – 70.

 “Neftchi”: 12. Muzaffar Abdullayev, 3. Shukur Po‘latov (7. Murod Bobojonov – 62) 14. Abror Ismoilov, 19. Avaz O‘lmasaliyev, 20. Husniddin G‘ofurov, 40. Bobur Yuldashev, 44. Doston Toshmatov, 64. Mirjamol Ne’matov, 65. Shodiyor Xojimatov (5. Jalil Kimsanov -76), 90. Islom Karimov (23. Abdurahmon Abdulhaqov -58), 91. Sherzod Hakimov.

Qo‘qon-1912”: 1. O‘tkir Yusupov, 5. G‘iyos Komilov, 9. Nosir Otaqo‘ziyev (15. Oybek Rustamov - 58), 11. Firdavs Asadov (19. Suhrob Berdiyev-33), 17. Quvondiq Ro‘ziyev, 22. Murod Xolmuhammedov, 23. Aleksandr Merzlyakov, 55. Darko Gojkovich, 65. Marko Milich, 70. Jasur Hakimov, 79. Iqbol Malikjonov (96. Muhammadanas Hasanov-60).

Chetlatish: Murod Xolmuhammedov (55).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 22:35, 17.08.2018.
O'qildi: 2598 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.