Ushbu sahifada o‘zbekistonlik sportchilarning Osiyo o‘yinlaridagi ishtirokiga oid tezkor yangiliklardan xabardor bo‘lib borishingiz mumkin bo‘ladi.
Tennis. O‘zbekistonning birinchi raketkasi Denis Istomin pokistonlik raqibni 2:0 hisobida mag‘lub etib, ikkinchi davraga yo‘l oldi.
Erkin va ayollar kurashi. David Modzmanashvili chorak finalda mo‘g‘ulistonlik, Nabira Yesenbayeva hindistonlik, Dauletbike Yaxshimuratova ham mo‘g‘ulistonlik kurashchilarga qarshi gilamga chiqadilar. Sportchilarimizga omad!
Ayollar kurashi. Dauletbike Yaxshimuratova vyetnamlik raqibasi ustidan 12:2 hisobida g‘alaba qozondi. Sevara Yeshmuratova yaponiyalik sportchiga 0:10 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Nabira Yesenbayeva ilk jangida indoneziyalik raqibini muddatidan oldin 7:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Erkin kurash. David Modzmanashvili indoneziyalik raqibi ustidan sof g‘alabaga erishdi!
Tennis. Sabina Sharipova vyetnamlik raqibasini 7:5, 6:3 hisoblarida mag‘lub etdi.
Taekvondo bo‘yicha bahslarda texnik tanaffus e’lon qilindi. Birozdan so‘ng bahslar davom ettiriladi. Niyoz Po‘latov va Nigora Tursunqulova yarim final chiptasi uchun kurash olib boradilar.
Tennis. Sabina Sharipova birinchi setda vyetnamlik Ksila Fodorni 7:5 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Tennis. Sabina Sharipova vyetnamlik raqibga qarshi uchrashuvni boshlamoqda.
Taekvondo. Niyoz Po‘latov oson bo‘lmagan jangda Xitoy Taypeyi vakilidan 30:28 hisobida ustun keldi va chorak finalga yo‘l oldi.
Akademik eshkak eshish. To‘rttalik bahslarida ishtirok etgan hamyurtlarimiz marraga uchinchi bo‘lib yetib borishdi va keyingi bosqichga yo‘l olishdi.
Tennis. Nigina Abduraimova qozog‘istonlik raqibasini 0:6, 6:2, 6:2 hisoblarida mag‘lubiyatga uchratib, keyingi bosqichga yo‘l oldi.
Taekvondo. Niyoz Po‘latov ham g‘alaba bilan boshladi. U ilk jangida Xitoy Taypeyidan tashrif buyurgan raqibini 7:2 hisobida mag‘lub etdi.
Taekvondo. Dinora Mamadibragimova qozog‘istonlik raqibga 16:17 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Tennis. Nigina Abduraimova qozog‘istonlik raqibga qarshi bahsda hisobni tenglashtirdi. Setlar bo‘yicha hisob 1:1!
Ushu. HAMYURTIMIZ DARYA LATISHEVA TAULU BAHSLARIDA IKKINCHI NATIJANI QAYD ETDI VA KUMUSH MEDAL SOHIBASIGA AYLANDI!
Taekvondo. Nigora Tursunqulova ilk jangida gonkonglik raqibini katta ustunlik bilan mag‘lub etdi va keyingi bosqichga yo‘l oldi. Yaxshi, shunday davom etamiz!
Akademik eshkak eshish. Sakkiztalik bahslarda startga chiqqan sportchilarimiz finishga birinchi bo‘lib yetib borishdi va to‘g‘ridan-to‘g‘ri finalda ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdilar.
Tennis. Nigina Abduraimova qozog‘istonlik Anna Danilinaga qarshi bahs olib bormoqda. Afsuski, u birinchi setdan so‘ng imkoniyatni boy bermoqda.
O‘q otish. Vadim Skorovarov saralash bahslarida muvaffaqiyatli ishtirok etdi va final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Birozdan so‘ng u medallar uchun kurashni boshlaydi.
Akademik eshkak eshish. Shahboz Xolmurzayev o‘z chiqishida uchinchi ko‘rsatkichni qayd etdi va keyingi bosqichga yo‘l oldi.
Bugun musobaqalarga kirishadigan sportchilarimiz ro‘yxati:
Taekvondo WTF
Saralash va final
-67 kg: Nigora Tursunqulova
-58 kg: Niyoz Po‘latov
-53 kg: Dinara Mamadibragimova
Erkin kurash
Saralash va final
-125 kg: Davit Modzmanashvili
-50 kg: Daulatbike Yaxshimuratova
-53 kg: Sevara Eshmuratova
-57 kg: Nabira Esanboyeva
O‘q otish
Saralash va final
-Skoravarov Vadim
-Pardaboyeva Zaynab
-Mamedova Sakina
Ushu
Latisheva D (Taulu, final)
Haydarov I (Nimchorak)
Rahimov A (Nimchorak)
Sport gimnastikasi
Saralash (Bras, Individual, Jamoaviy)
Fokin A
Azimov A
Abdurahimov R
Abdusamatov X
Hamroqulov A
Akademik eshkak eshish
Sakkiztalik LM8+ 2000 m (saralash) – 11:00-14:00
Yarov A
Bahriyev D
Mambetnazarov I
Xursanov D
Najmiyev Sh
Rahimov O
Hakimov Sh
Usmonov Z
Krasnov A
To‘rttalik M4x 2000 m (saralash) – 11:00-14:00
Davronov U
Astanov F
Muhammedov A
Abdujabborov Sh
Tennis
Yakkalik, 2-bosqich
Denis Istomin
Sanjar Fayziyev
Sabina Sharipova
Nigina Abduraimova
Juftlik, erkaklar, 1-bosqich
Denis Istomin/Farrux Do‘stov
Sanjar Fayziyev/Jo‘rabek Karimov
Juftlik, ayollar, 1-bosqich
Iroda To‘laganova/Sabina Sharipova
Nigina Abduraimova/Oqgul Omonmurodova.